Kategoriya: Postlar

Issiqdan saqlanish


Yozning chillasidagi issig'iga chidash uchun nima qilish kerak? Konditsioner tagida deysizmi. Lekin konditsionerni har joyga olib yurolmaysiz-ku. Qolaversa konditsionerni tik holatda yoqib qo'yish mumkin emas. Agar konditsioner yo'q bo'lsa-chi. Unda quyidagi lifehacklarga nazar soling. Foydali maslahatlarga quloq tuting

1-videoda:

1-usul Erta sahar tongdagi 24 gradusdan past bo'lgan havoda uyni derazalarini ochib kun qizishni boshlaganda yopiladi, kechasi esa kun soviganda ochiladi.

2-usul Deraza oynalariga to'g'ri parda tanlash kerak. Och rangdagi pardalar nurni yaxshi o'tkazadi, to'q rangdagi zich matoli pardalar esa quyosh nurini past o'tkazgani bilan issiqlikni o'ziga yutadi va xonani isitadi. Zig'ir tolali yoki rangli pardalar tavsiya etiladi. 

3-usul Uydagi gilam, polos va divanlardagi yostiqlardan halos bo'ling. Shunda xonangizdagi havo toza va salqin bo'lishiga yordam beradi.

4-usul Polni artib yoki nam sochiqlar bilan xona havosini quruqlik holatiga namlik bering.Derazaga nam sochiq iling ammo nam sochiq kechasi bilan qolib ketmasin

5-usul Shiftga ilinadigan ventiryatorlar. E'tibor bering: Soat strelkasidan teskari tarafga aylanishi kerak. Bu yozgi rejim hisoblanadi, agar aksincha bo'lsa qishki rejim bo'lib qoladi va sovitmaydi.21 kv. m. uchun diametri 91-111sm bo'lishi standartlashtirilgan. Shu meyorga qarab shiftga ilinadigan ventilyator tanlang. 

6-usul Ventilyator oldiga muzli baklashkalardan qo'ying, 4 soatda almashtiring.

7-usul Postelniy belyoni paxtalisini ishlating va foydalanishdan oldin xolodilnikga qo'yib oling.

8-usul Paxtali kiyim kiyish

9-usul Ortiqcha chiroqlarni o'chirish yoki svetodiod lampalar ishlatish

10-usul Odam organizmidagi sovish tuqtalariga muzli qopchalarni bosish

11-usul Ko'p suv ichish

12-usul konditsionerni sozlash. Uxlash uchun eng maqbul harorat 18C gradus, agar konditsioneringizda o'chib yoqish finksiyasi bo'lmasa yoki yoqilgan konditsioner bor xonada uxlashni istamasangiz uni eng past haroratga 2-3 soatga yoqib qo'yib xonani sovutib oling.

2-videoda:

1-usul Ventilyator orqasiga muz solingan idish biriktirib qo'yish (idish havo o'tkazadigan bo'lishi kerak)

2-usul Hovlida nam havo hosil qilish uchun suv shlankasini uchiga turli joyi teshilgan baklashka biriktirish.

3-suv isib ketgan bo'lsa ho'llangan salfetka bilan muzlatkichga qo'yilsa sovishi yanada tezlashadi

 

 

Reklama
Reklama