Kategoriya: Hikoyalar
Olov ichida qolgan homilador kelin
Tong saharda zarur ish bilan qishloqda yashaydigan o‘g‘limga ko‘ng‘iroq qildim. Hol ahvol so‘raganimdan o‘g‘lim ayajon, hozir janozaga shoshib turganidim, keyinroq qo‘ng‘iroq qilib yuboraman dedi. Kim o‘libdi deb so‘radimu, javobidan shokka tushdim.
Yon qo‘shnimiz, o‘g‘limning sinfdoshini xotini yigirma yoshli kelinchak shu saratonda soat ikkida non pishirish uchun tandirga olov yoqibdi. Tandir tagida besh litr kondensat bor ekan. Tandir kavlagan kosovni tandir tagiga tashlabdiyu, shu zahoti olov ichida qolibdi. Sakson foiz kuyish bilan bir haftadan beri kasalxonada yotgan ekan, shu kecha vafot etibdi...
Yigirma yoshida ham qo‘lida bir yoshli bolasi ham qornida homilasi bor ekan...
Kondensat qanday balo u?
Nega homilador xolida birovning guldek qizi shu jaziramada tandir yoqadi?
Qaynona bu paytda nima qilayotgan ekan?
Azizlar, kelin qul yoki cho‘ri emas, uniyam salqin uyda dam olgisi keladi.
Albatta hammasi taqdir, ammo sal e'tiborliroq, rahmdilroq bo‘laylik.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022