Kategoriya: Postlar Psixolog hujjatlari
Psixologiyadagi "Vampirizm" to'g'risida.
Vampirlar haqida.
Ko’pchilik aytadi qonimni ichdi, kuchimni sug’urib oldi, qarg’ish tegdi, “Чёрная магия” bor deyishadi. Gollivud kinolarida ko’rsatganidek vampirlar yo’q. Lekin “Vampirizm” bor. Agar bio maydon bor bo’lsa unda energiya chiqarish va energiya almashinuvi bo’ladi. “Vampirizm”da donorlar va vampirlar bor.
Donorlar - bular shunday odamlar-ki baqir – chaqir janjal qiladi, yig’laydi, turli ahvolga tushadi. Yarim soatdan keyin o’ziga kelib, mustaqil ravishda o’ziga kelib, energiya yig’ib oladi. Bular donorlar. Shunday odamlar borki qayta kuch yig’a olmaydi. Qayta tikkalana olmaydi. Ana o’sha turdagi odamlar vampirlar deyiladi. Ularga yordam kerak. Eng tez yordam bu ularning yaqinlari. Quyida sizlarga ana shunday turdagi odamlarni ya’ni sizning energiyangiz kimlarga ketishi mumkinligini aytib o’tamiz. Bu degani, kimdir yaxshi kimdir yomon degani emas. Agar o’sha vampirlar bo’lmaganida edi unda hayot bo’lmasdi. Masalan donorlar yuqori darajada energiyasi tikkalanuvchi insonlar. Ular to’plangan energiyani qayergadir chiqarmasa qon bosimi ko’tariladi, o’zini yomon his qiladi. Donorlar uchun energiyani chiqarib tashlab, o’rniga yangi energiya hosil qilsa yaxshi bo’ladi. Ular energiyani tiklab olish uchun bitta uxlab tursa kifoya. Vampirlar energiyasini tezda mustaqil tiklay olmaydi. Ularni energiyasini tikkalashni turli “Vampirizm” ya’ni usullari bor.
Vampirlar:
- Bolalar
Bolalar dunyoga kelganidan boshlab onaga bog’langan holda bo’ladi. 3 yoshdan 8 yoshgacha ajralishga harakat qiladi.8 yoshdan keyingina bola onadan ajralishni, mustaqil hayot kechirishni boshlaydi. Ungacha onasidan energiya olib yashaydi. Agar onasi bo’lmasa uni o’rnini bosadigan boquvchisi yoki buvasi bo’lishi va onadan olinadigan energiyani olib yashashi kerak. Yoki otadan olishi kerak.
Bola energiyani yetarli ola olmasa u yi’g’lashni boshlaydi. Bola yi’g’lashini turli sabablari bor.
1-holat onasi kasal bo’lib energiyani yaxshi berolmasa ola yi’g’laydi.
2-holat farzandi ko’p oilalarda ona hammasiga ham e’tiborbera olmaydi, hammasiga ham energiya yetarli bo’lmaydi.
3-holat otasi yo’q oilalar. Qachinki bola ota va onadan energiya olsa to’liq energiya bo’ladi. Yolg’’iz onalarning bolalari ko’pincha yi’g’laydi chunki ularda energiya to’liq bo’lmaydi.
- Ota-onalar (70-80 yoshdagi)
Ularni ikki xili bor. Faol va sust. Faollari hammani bezovta qiladi, baqirib, so’kib, hammani ishiga aralshib yuradi. Sustlari bu kasallari. Ular doim kasal, doim hayoti yaxshimas, doim hammaga noliydi. Agar hech kimni topa olmasa bolasiga, eriga noliydi. Eri esa una ko’nikish hosil qilib unga energiya bermay qo’yadi va ular energiyani to’ldirish uchun ko’chaga chiqadi. Odatda ko’pchilik insonlar bor joyni va hamma ishga ketayotgan vaqtni topadi. Nimaga shunday qilasiz nimaga kechroq bormaysiz deb so’ralganda, bilmadim menga shunisi qulay deb javob beradi. Masalan avtobusga hiqib joy ber deydi yoki boshqa usulda kimnidir asabiga tegadi. Jaxli chiqqan odamni esa shu vaqtda boshidan suv quygandek bo’ladi. Huddi o’sha vaqtda jahli chiqqan odamning energiyasi o’zidan ketadi. Jahlini chiqargan qariya esa o’sha energiyani tortib oladi. Ular o’zlari bilmagan holda shunday qilganlarida o’zini yaxshi xis qiladi.
- Ayollar (Dugonalar)
Ayollar dugonasiga doim noliydi senga yaxshi, seni erring oilang, hamma yo’g’ing bor… Uni o’zi bekamu ko’st bo’lsa ham unga doim nimadir yetishmaydi. Mana shunday o’zining muammosi bilan doim sizning asabingizni buzadigan dugonalar bular vampirlar. Siz esa ularga hamdardlik bildirib yupatishni boshlaganingizda boshingiz o’griydi, charchoq his qilasiz. Ular esa aksincha dadillashadi, o’zini yaxshi his qilishni boshaydi. Agar siz unga hamdardlik qilsaniz siz uning muammosini bir qismini o’zingizga olgan bo’lasiz. Muammosini eshitdingizmi, gapi tugadimi bo’ldi qulog’ingiz berkiting, oldingizga oyna qo’yib qo’ygandek jim o’tiring. Unga siz bilan qiziqarli bo’lmadimi tamom u sizni tark etadi. Boshqa bo’sh quloqlarni istaydi.
- Ko’pincha ommabop transportlarda erkaklar qolganlarga noqulay holatda turib oladi. Transport qimirlaganda kimgadir turtilib odamlarni jahlini chiqaradi. Turgan holatidan shikoyat qluvchilarni esa so’kadi haqorat qiladi. U odam esa to manziliga yetgunicha hayolan urushib ketadi. Tez tez eslab ham hayolan urishadi. Shunday holda ana shu erkaklar Vampirlik qiladi. Agar siz ana shunday ahvolga tushin o’sha erkakni eslab qayta qayta o’ylaganingiz sari har safar unga energiyangiz o’tib ketaveradi. Yomon hayoldan qochib ketib bo’lmaydi uni yo’qotishni o’rganish kerak.
- Biz bilgan ORV ORZ (gripp)ni olaylik. Bu Qachonki inson tanasi mehr yetishmovchiligini his qilsa kasallanisni boshlaydi. Kasal odamga arofdagilar ko’proq e’tibor qiladi, parvarish qiladi. Uni esa issig’i tushadi, o’zini yaxshi xis qila boshlaydi.
- Shunday odamlar bor-ki, hammani asbini buzadi. Ular magazine va bozorlarda ko’p uchraydi. Masalan bozor to’la odam, oyoq bosgani joy yo’q, ular esa velosipedda keladi. Hammani asabini buzadi.Ular bundan huzurlanadi.
- Ular hammani nima qilayotganliklari bilan qiziqadi. Ohiga ytemagunicha qo’ymaydi va asabini buzadi.
- Laqmalar – ullar hamma vaqt gapirib yuradi, asabiga tegadi va har doim bo’sh quloqni istaydi. Sizga kerakmas bo’lgan hamma nars haqida gapiradi, vaqtingizni, hayolingizni oladi. Ularni bu qilig’I sizni joningizga tegadi. Qahon sizni joningiz chiqqanida sizdan ebergiya chiqib ketadi.
- Tiranlar – bular tanbeh beruvchi, kamsituvchi va urishuvchilar. Sizni kamchiligingizni topib doim so’kadi. Masalan ayollarning erlari. “Necha marta senga aytganman Sho’rvani Smetana bilan ichmayman “ - deb. Yoki doim idish yuvuqsiz, non kesiliksiz… Tiranlar aybni kimgadir to’nkaydi, o’ziga ayb yuqtirmaydi.
Vampirlarning energiya so’rishining bir necha usullari bor. Hafa bo’luvchi kishi esa doim energiya beradigan “teshik” bo’lib qoladi. Buning uchun ulardan himoyalanishni ham o’rganish kerak. Masalan tiranlar bilan ochiqcha gaplashi ularning ham ayblari borligini tushuntirish kerak, amma aybni o’zimizga olib ketaverish kerak emas.
Himoyalanish.
- Himoyalanishning eng yaxshi usuli bu Vampirlar oldida o’rtaliqqa hayolan oyna qo’yib olish kerak. Oynananing 2 tomoni bor. Aks beruvchi tomonini vampirlarga, ko’rinmaydigan tomonini o’zimizga qaratib hayolan oyna qo’yib olishimiz kerak. Ammo oynani qo’ygandan keyin uni olib tashlashni ham bilish kerak. Atrofdagi odamlar sizga ana shu oynadangina qaramasligi kerak. Siz tashqi dunyodan uzilib qolasiz. Zinhor bazinhor oynasimon stakanni tasavvur qilib olishimiz kerak. Chunki odamzot energetika tomnidan fazo va yerga bog’liq holda turamiz. Stakannin tasavvur qilib olganimizda fazodan uzilib qolamiz. Bu mumkin emas.
- Xalq orasida ko’z tegadi degan atama bor. Bu noto’g’ri. Agar odam baxtli, toza ko’ngilli bo’lsa unga ko’z tegmaydi. Ko’z tegishiga qo’yib beradigan (odamlarni yomon nazar bilan qarayapti menga, meni qarg’ayapti deydigan, yo’q joydan ayb istaydigan) odamlarga ko’z tegadi. Ko'nglingzini keng qiling. O'zingizga eng baxtli degan qobiqni hayolan barpo qilib oling. Bosshqalar ham sizni shunday ko'radi.
- Hayolan g’ishtlardan devor qurib olish juda axshi foyda beradi, haqiqatdan ishlaydigan usul hisoblanadi. Masalan rahbardan so’kish eshitayotganda. Faqat uni olib tashlashni ham bilish kerak.
- Himoyalanishning yana bir usulli tikonlar, quritilgan atirgul, kaktuslar yomon energiyani, yomon hayollarni olib tashlaydi. To’g’nogichlar oldimizga qo’yib olishimiz mumkin. Yoki tiprotikonsimon. Yoki qirrali tikonli taqinchoqlar taqib yurish mumkin. Agar siz sanchiladigan narsalarni olib yura olmasangiz piramidasimon uchburchak narsalarni olib yuring. Juda yaxshi foyda beradi.
- Eng yomon odat yaqinlarimizning rasmini hamyonimizda olib yurish yoki ish stoliga qo’yib olish. Ech qachon oilaviy rasmlarni birovlarni nazari tushadigan joyga qo’yish kerak. Kuchli energiya sug’uruvchi insonlar kelib “Voy mana bunisi juda shirin, chiroyli ekan“ desada ichida “bunda bor menda yo’q” deb hasadi kelishi bilan energiya unga o’tadi. Nimaga ekstrasenslar, bahshilar rasmini olib kelsangiz yetadi o’zi kelishi shart emas deyishadi. Ayniqsa ohirgi paytdaginisi. Qancha yangi bo’lsa shuncha energiya ko’p bo’ladi.
- Himoyalanishda oyoq va qo’llarni chalkashtirib olish juda yaxshi foyda beradi.
- Yana bir usuli ko’rsatkich barmog’ingizni peshonaning o’rtasiga 12 sekund bosib tursangiz sizni “Vampirit” qilayotgan odamni energiyasi ichidan buzib yuboradi va sizni energiyangiz o’zingizga qaytib keladi.
Zinhor bazinhor yuqoridagi “Vampirit” qilishni birovlarga qo’llab ko’rmang. Sizning qilmishlaringiz o’zingizga 3 barobar bo’lib qaytib keladi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022