Kategoriya: Hikoyalar

Qimmatbaho sovg‘a


-Onasi, to‘yimizni o‘n yilligiga nima sovg‘a qilay?
-So‘ramang, baribir, topib berolmaysiz...
-Ie, aytganingni biror marta olib bermadimmi? Ayt darrov muhayyo qilaman.
-Istagan narsamnimi? Aldamaysizmi?
-Bilasan-ku, yigit bitta gapiradi va so‘zida turadi.
-Yaxshi! O‘zingizdan ko‘ring...
-Nima ekan, juda qiziqtirdin-ku?
-Vaqt sovg‘a qiling. Boshqa xech nima kerak emas.
-Nima deganing bu? Qanaqa vaqt?...
-Xar kuni kechki payt mana shu qo‘lingizdagi telefonni kovlab o‘tirishga ketgan vaqtingizdan atiga bir soatginasini... Oilangiz uchun, oddiygina e'tibor! Bolalarizga... Menga...

 

Muallif: Abdullatif Xamedov

Reklama
Reklama