Kategoriya: Photoshop darslari Postlar
Reklama bannerini qanday tayyorlash kerak?
Reklama bannerini qanday tayyorlanganligi bu biznesingizni rivojlanishi yoki hech qachon rivojlanmasligini hal qilishi mumkin. Chunki inson visual ko'rgan rasmnigini emas, ana shu rasmni ko'rgandagi his qilganini ham eslab qoladi. Miyada avtomatik tarzda refleks hosil bo'ladi. Shuning uchun biznesingizning kelajagi, firmangizning rivoji yoki o'zingizning mashhur nomingiz toza bo'lishi uchun reklamaga jiddiy e'tibor qaratishingiz lozim. Masalan reklama bachkana bo'lmasligi, yorqin ranglarni orttirib yubormasligi, imloviy xatolari bo'lmasligi, rasmlarning hiralashmagan sifatli bo'lishi kerakligi haqida hammamizga ma'lum. Ammo biz bilmagan jihatlar ham bor.
Reklama effektivniy ya'ni foyda keltirishi uchun nima qilish kerak? Qanday reklama effektivniy bo'ladi? Shu kabi savollar qurshovida reklama banneri tayyorlash uchun internetdan ma'lumot izladim. Turli maqolalar, forumlarni, mutaxassislar fikrini o'qidim. Reklama banneri tayyorlashning asosiy jihatlaridan tashqari real foyda berishi bo'yicha sinalgan usullari sirlari bor ekan. Quyida shular bilan tanishtirib o'taman.
1) Reklamaning tushunarliligi - Reklama banneri hamma uchun tushunarli sodda, elementlari kam va tushunarli, ortiqcha so'zlardan holi, qisqa va mazmunli bo'lishi kerak. Chunki oddiy narsani odam eslab qolishi oson bo'ladi.
2) Reklama bannerining yozuvlari - kichik bo'lmasligi kerak. Odam uzoqdan ham o'qiy olishi kerak. Narsa yoki xizmatning nomi kattaroq harflarda bo'lishi zarur. Nima haqida gap ketayotganini avvaldan bilishi kerak. Qolaversa ajralib turadigan yozuvnung ranggi ko'zga tashlanarli bo'lishi kerak. E'tiborni asosiy mavzu tortishi uchun.
3) Reklama bannerining ma'nosi - reklama bannerining o'zida ana shu maxsulot haqida tushuncha, yetarlicha ma'lumot bo'lishi kerak. Masalan lapsha, Italiya (makaron, spagetti tayyorlash texnologiyasi rivojlangan davlat) texnologiyasi asosida tayyorlanganligi, 5-minut (balki 30 minut) davomida tayyor bo'lishi, vitaminlarga boyligi, oilaning hamma azolari uchun to'g'ri kelishligi, GMO, BAD qo'shilmaganligi haqida malumotlari bo'lishligi foyda beradi. Boshqalarida ham shu hususiyatlar bor lekin ular aytmagan. Inson o'z ongi orqali ana shu hususiyatlar foydali va unga kerakligini tushunib yetish jarayonida xotirasida saqlab qoladi va "menga kerak" degan tushunchani paydo qiladi.
4) Reklama bennerida rasmning bo'lishligi - nafaqat bolalar balki kattalar ham rasm ko'rishni yoqtiradi. Bu inson tabiatiga hos. Undan hech kim qocha olmaydi. Reklama faqat yozuvlardan iborat bo'lgandan ko'ra rasm ishtirok etgan bo'lishi katta effekt yani ta'sir ko'rsata oladigan xususiyatga ega. Ram tiniq, yorqin, odamni kayfiyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadigan bo'lishi kerak. Katta hajmdagi (razmerdagi) rasmlar tiniq chiqadi, ammo juda katta hajmdagi kichik hajmgaxha kichraytirsangiz ham hiralashib ketadi. Rasmning hajmini tanlashda bannerning o'lchovlaridan kelib chiqib tayyorlanadi. Vektor grafikasida tayyorlangan rasmlar kattaytirib, kichraytirilganda ham hiralashmaydi.
5) reklamada qiz bolaning bo'lishligi - eng samarali usul hisoblanadi. Faqatgina maxsus masalan erkaklar kiyimi yoki bolalar uchun mahsulotlardan tashqari. Rasmda qo'yilgan qiz bolaning kulb turgan holatdagisi, hammani e'tiborini topadi.
6) reklama bannerining takrorlanmasligi - boshqalarga o'xshamagn, e'tiborni jalb qiluvchi qandaydir elementi bbo'lishi kerak. Agar biror joyda ko'rgan narsani yana sizning reklamangizda bo'lishi odamni qiziqishini so'ndiradi, darrov jiddiy e'tibor qilishlikdan qochadi, qolaversa o'sha firma yoki shaxs haqida negativ yani yomon tarafga tushuncha paydo bo'ladi.
Ammo behayo rasmlar, qo'pol jargon rasmlar yoki so'zlar, zamonaviy o'sha paytdagi urf bo'lgan o'zgartirilgan so'zlar ishtiok etmasligi kerak. To'g'ri yomon reklama tez tarqaydi ammo ko'pchilikning ongida yomon taassurot qoldiradi. Uzoq yillik obro'ga bu tarzda erishib bo'lmaydi. Odob, madaniyat qoidalaridan chetlashmagan reklama ko'pchilikka manzur bo'ladi va hamma zamon va makonda me'yoriyligini yo'qotmaydi. Har ishda me'yor bo'lgani yaxshi.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
11-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022