Kategoriya: Hikoyalar

Singillardan habar oling


Onam to‘rt yil oldin olamdan o‘tgan. Bir kuni tushimda onam kelib:
- O‘g‘lim singlingni uyiga bor... - dedilar
- Oyi hali bordim .. 
- Hozir bor bolam singlingni tobi yo‘q -dedilar. 
   Uyg‘onsam soat 01:00 bo‘libdi. Yarim tun ekan deb yana uxladim. Oyim yana tushimga kirib:
 - Tur o‘g‘lim bor - dedilar Turib ko‘ng‘iroq qilsam hech kim go‘shakni ko‘tarmadi. Singlimni eri yarim yil oldin Rossiyaga ishlagani ketgan. Singlim ikkita kichkina farzandi bilan turardi. Men mashinamni yurgizdim, dadamga "firmaga yuk kelganini" aytib kechasi 02:30larda uydan chiqdim.. Singlimni uyiga bordim, eshikni katta o‘g‘li ochdi. Rostdan ham singlimni mazasi qochib, harorati ko‘tarilib bezgak tutayotgan ekan. Farzandlari yosh, nima qilishini bilmay turishganlaridan, meni ko‘rib yig‘lab yuborishdi. Singlimni kasalxonaga olib bordim. Kerakli muolajalarni qilishdi. Doktor menga vaqtida olib kelganimni va muddat boy berilganda jiddiy asoratlar qolishi mumkinligini aytdi..  Ertasi kuni tushimga onam yana kirdi. Bu safar ular yuzida tabassum bilan: 
- "Sendan roziman bolam, singlingni avayla! "- dedilar 
ONA - bu qanday xilqatki, hatto jon berayotib ham bolam desa. U dunyoda turib ham farzandini himoya qilsa.

Reklama
Reklama