Soyalarda hosil bo'lgan ajoyib tasvirlar


Ba'zida  turmush  hayotimizda  ajoyib tasvirlar paydo bo'ladi va biz uni sur'atlarga muxrlaymiz. Hozirgi zamon texnologiyasining sharofati bilan sifati har qanday professional fotokameradan qolishmaydigan zamonaviy telefonlarni doimo olib yuramiz. Noyob lahzalarda chaqqonlik qilib tasvirga olib qoluvchilar tomonidan yuklangan videolarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Ammo shunday odamlar ham bor-ki, soyalarni tasvirga oladi. Biror predmetning soyasi uning asli kabi bo'lmaydi, nur qaysi tomondan tushishiga qarab turlicha tasvir hosil bo'ladi. Bu optika qonuniyati bilan bog'liq hodisa. Ba'zi predmetlarda juda ajoyib tasvirlar paydo bo'lishi mumkin ekan. Bu kabi holatlarni sur'atga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashadi. Biz esa ana shu kabi rasmlardan bir nechta ahamiyatga moliklarini yig'ib, e'tiboringizga havola etdik. Marhamat ko'ring.

 

Reklama
Reklama