Ayol  va  qizlarimizning  sevimli  odatlaridan  biri  bu  xina  qo'yishdir.  Xina  aslida  "Lawsonia  inermis"  nomli  o'simlikdan  ya'ni  xina o'simligining  guli  va  barglarining  quritilganidan  tayyorlangan  kukun  hisoblanadi.  Xinani  soch  bo'yashda,  qo'l,  oyoq  va   tananning  turli qismlariga  bo'yash uchun ishlatiladi. Oxirgi  paytlarda  gulli  qilib,  trafaretlar  yordamida  uzorlar  chizib,  bezak  bilan  bo'yash keng  urf  bo'lgan.  Ushbu  usul  oldin  ham  mavjud edi.  Hind  xalqi uchun xina . to'y oldidan qo'yilishi  va bu . jarayonni marosimga . aylanganligi  hammaga  ma'lum. Ana shu jarayonda  zamon bilan hamnafas  o'z ustida  ishlayotgan dizaynerlar,  go'zallik saloni mutaxassislari, xina . qo'yishni  san'at asari kabi rivojlantirib . yuborishgan.