Kategoriya: Postlar

Yolg'on habarni fosh etish


  Oxirgi paytda internetda yolg'on habarlar juda ashaddiy tus olib ketdimi yoki menga shunday tuyulyaptimi ko'rib yoqamni ushlab qolyapman. O'z manfaati yo'lida juda dahshatli ma'naviy qurollarni ishlatishmoqda. Biri turi kasal,nogiron, muhtojlarning rasmini qo'yib o'z guruh va kanallarni mashxur qilish maqsadida foydalanilmoqda. Yana bir turi esa diniy so'zlar hadislarni aynan o'zidek emas, manfaatiga yo'g'rilgan holda o'zgartirib olib qo'rqmay tarqatishni so'rashmoqda. Bundaylarga nima ham deyish mumkin. Ularniku urib qo'ygani shundandir, lekin ana shu habarlarni tarqatayotgan omi, bilimsiz, o'zimizning oramizdagi odamlarchi. Ularninima desak bo'ladi. Axir kim qayerga yetalasa ketavermasdan, mundoq so'zrab,bilib ketish kerak-ku axir. Ushbu maqolamni o'qiyish davomida men o'rgatgan usul orqali aniqlashtirib ko'rib, so'ng shuni odamlarga bildirishingina emas o'zingiz bilib qo'ysangiz hamma katta naf.

  Men ko'rganlarim ichida eng mashxuri:

  Bu yerda yozilishicha "Bugun meni tug'ulgan kunim. Do'stlarim meni shu rasmimni hech kimsa podelitsya qilmaydi deb o'ylaydi. Chunki men nogironman" degan so'zlarni ko'rib, odamlarning ko'ngli yumshab, achinish hissi uyg'onib, mana shu rasmdagi qizni hursand qilish uchun juda iliq so'zlar bilan kommentariyalar yozishgan, layklar qo'yishgan. Salkam 7 kun ichida 1200 dan ortiq kommentariyalar, 21 ming marotaba podelitsya, 3.9 mimgdan ortiq layklarga ega bo'lgan.

Bundan kimga nima naf? 

Albatta shu postni qo'ygan guruh egasiga. Aslida unga ham 1 so'mlik foyda keltirmaydi, lekin sahifa nomi ko'pchilikka tarqaydi, sahifasi mashhur bo'ladi. Shu yo'lda odamlarning his tuyg'usi bilan hisoblashmay, shuncha odam yozayotgan kommentariyalarga indamay vijdoni qabul qilib turaveradi.

Men ko'rganimda bu rasmga o'zbek ayollari ham kommentariya yoza boshlashdi. 1-marotaba ko'rganimda shifosini bersin deya o'tkazib yubordim, keyin druzyalarimni sharofati bilan lentamda qayta va qayta ko'rishni boshladim, oxiri asabimga tegishni boshladi, Chunki bu kabi raskrutka o'yinlarini yaxshi bilar edim.

Aniqlash usuli. 

   Rasmni kompyuterimga saqlab oldim, Google ning izlash tizimida rasm bilan poisk berish funksiyasidan foydalandim. O'xshash rasmlar ichidan qaradim.

   Ne ko'z bilan ko'rayki bu joy Braziliyadagi Rosary Basilica deb ataladigan joy ekan. Quyidagi rasmda ko'rib turganingizdek rasmga tushgan nogironlar ko'p. Ammo mana shu kelishgan qiz rasmini tanlashibdida shovvozlar. Boshqa rasm bunchalik odamlar nazarini tortmasligini bilishganda. 

  

Buni ingliz tilida ham rosa aylantirishgan shekilli. Rasm qo'yilgan sahifa esa allaqachon yo'q bo'lib ketibdi.

Boyagi rus tilidagi sahifaga kirib ma'lumotini izlasam manzilini Armeniya deb ko'rsatmoqda. Armeniya qayoqda yu Braziliya qayoqda.

    Ushbu ma'lumotlarni kommentariyalarning ohiriga qo'yganimdan keyin va nihoyat podelitsyalar tugadi. Qaytib ko'rmadim. Lekin sahifa tayyorlovchilardan menga layk keldi. 

Undan keyin bu postni olib tashlashdi. Demak vaqtim bekor ketmabdi. Yaxshi ishning samarasi bo'lishi aniq, faqat unga ishonish va harakat qilib ko'rish kerak.

Yana bir misol

Kasal qizning operatsiyasi uchun pul so'rab emas, layk yig'ishning bir usuli.

    Rasmda ko'rib turganingizdek, Mir kino sahifasi o'zini mashhur qilish uchun ojiz bolakaydan foydalangan. Nima emish facebook 1 ta laykka 1 dollar, kommentariyaga 5 dollar, tarqatishga o'n dollar to'larmish. Facebookni bundan habari bormikin. Lekin bu qizni tanigan odamning habari bor ekan.

    Yana bir holat, yaqinda telegramda hunuk rasmni ko'rib qoldim. Hunukligidan hozir maqolaga qo'yishni ham hohlamadim. Anchagacha ko'zomni oldidan ketkaza olmadim. Unda ta'rif berilishicha Qozog'iston hududidan O'zbekistonga o'tib qolib chaqqan odamni jinni qilib qo'yayotgan ekan Qo'l prqali yuqub, bog'chalarda aniqlangan emish. Ramni ko'rsangiz qo'ng'iz huddi temirdan yasalganga o'xshaydi, jarohatlangan qo'l rasmini qo'yib qo'yibdi, tasavvur qiling biz olmani tisglasak yumaloq bo'lib qoladiyi, huddi shu kabi odam kaftida qora yumaloqchaar, barmoqdan katta darcha ochib qo'yibdi yani ustki terisini yegan o'rtasida go'sht yoki suyak ko'rinishni o'rniga qora darcha. Darchaning chetki qirralari ham yumaloqsifat aniq tekkiss huddi plastikni gulli o'ygandek, ahir odam terisi bunday tekkis turmaydiku, qon oqadi shaklini o'zgartiadi. O'zi yozib qo'yibdi 1-marotaba chaqishidayoq jinni bo'lib o'zini yo'qotib, reanimatsion ahvolga tushadi deb. Shuncha jar qilib tashlangan qo'l tik turgan odam holatida olingan. Ana sizga Sherlok Holms. u rasm shu burugun holatida telegramdagi hamma guruhlarda tarqab yuribdi. Bittasi esa orqasidan quvlab yurib, rasm tepasiga x belgisi bilan feyk degan katta pechatni qo'yib tarqatyapti.

   Yuqoridagi kabi rasm bilan izlash usulidan foydalansam rus tilidagi 4 ta manbaa chiqdi. Rossiyaning bir chekka joyining saytida chiqqan bo'lib yozib qo'yishibdi, bu ma'lumot aniq emas deb. Ularda ham bog'cha bolalariga yuqayotgani aytilgan ekan. Hamma odamzod bolasini yaxshi ko'radi. Boshqalarni bolalari ham jabrlanmasligi uchun albatta tarqatishadi. Shundan foydalanishganligini qarang bularni. 

 

  Yana bir narsa meni jud hayratga solyapti. Din bu insonlarning ishonchi, eng muqaddas tuyg'usi. O'zimizning o'zbeklar kanalini tarqatish uchun hadislarni buzib ko'rsatmoqda. Ramazon habarini birinchi bo'lib yetkazish xabarini siz ham ko'rgan bo'lsangiz kerak, rasm holida. Kun.uz sayti 2018 yili shunday habarlarga izoh bergan ekan. Hadisi sharifni buzib, o'zgartirib yozishgan ekan. Va albatta o'sha rasmning ostiga kanalining ssilkasini ham qo'yib qo'yishgan.

  Umuman olganda bir gapni aytmoqchman, din har birimizning qalbimizda yuragimizda bo'lishi kerak. Ijtimoiy tarmoqlarda qanday ma'lumotlat tarqalishligini yaxshi bilasiz. Ana shu kabi bir necha yomon ma'lumotlar orasida ana shunday ulug so'zlar, yozuvlar chiqib tursa bunga nima deysiz? Statusiga muqaddas so'z yozilgan rasmni qo'yib olgan honimlar va janoblar. Eng buyuk yaratguvchining va uning rasulining nomi yozilgan yozuv aralashgan rasmni sizni yuzingizni rasmi deb tushuniladigan joyga qo'yib olishga qanday haddingiz sig'di? Qo'rqmaysizmi? yoki o'sha yozuvdagi so'z nimani anglatishligini bilmaysizmi?

 

 

 

 

 

Reklama
Reklama