Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

1-sinf dars ishlanmasi. Ayirish amalining hadlari
38 Mavzu : Ayirish amalining hadlari
Sana:29.10
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Ayirishning hadlari haqida bilim berish.
FK1 10 ichida qo‘sh ish, ayirish amallarini og‘zaki hamda yozma bajara oladi; qo‘sh ish va ayirish amallarining tarkibiy qismlarini aniqlay oladi va nomlay oladi.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
TK1 matematikaga oid atamalarni to‘g‘ri talaffuz etish; o‘z fikrini aniq ifodalay olish; TK3 masala yechish orqali ijtimoiy hayotdagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy munosabatini bildira olish; TK4 atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
FK2 o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
III Yangi mavzu bayoni 1- misol. Ayirishning hadlari haqida misollar bilan o’rgatish
6 – kamayuvchi, 2 – ayriluvchi, 4 – ayirma. Hadlarning o’qilishini o’rgatish. O’quvchilarga individual o’qitish yoki o’rgatish.
2 – misol. Yozuv taxtasida doira yordamida misolni bajarish.
6 - 2 = 4
3 – misol. Rasm asosida masala tuzing. Yechish:
Bore di – 9 ta barg
Yeb qo`ydi – 1ta bargni 9 – 1 = 8
Qoldi- ? ta barg Javob: 8 ta barg.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
4 – misol. Misollarni yozuv taxtasida bajarish.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
Sonlarni kataklarda yozishni o’rgatish. Katta kichik belgilarni belgilashni misollar orqali mustahkamlash.Geometrik shakllar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlsh.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

1-sinf dars ishlanmasi. Qo’shiluvchilarning o’rnini almashtirish
Batafsil
1-sinf dars ishlanmasi. Qo‘shish va ayirish amallari orasidagi munosabat
Batafsil
1-sinf dars ishlanmasi. Qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosi
Batafsil
1-sinf dars ishlanmasi. Qo‘shish va ayirish amallarining ma’nosi
Batafsil
1-sinf dars ishlanmasi. Qo’shish amalining hadlari
Batafsil
1-sinf dars ishlanmasi. Nol ishtirokida qo‘shish va ayirish
Batafsil