Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Shunday holatlarga guvoh bo‘lib qolamanda negadur. Eng so‘ngi rusumdagi avtoulovda o‘rta yoshlardagi kishi non sotayotgan bolani yoniga to‘xtab, oynakni yarimigacha tushurib so‘rayabdi
Shunday holatlarga guvoh bo‘lib qolamanda negadur.
Eng so‘ngi rusumdagi avtoulovda o‘rta yoshlardagi kishi non sotayotgan bolani yoniga to‘xtab, oynakni yarimigacha tushurib so‘rayabdi:
- Noning bormi, issiqmi?
- Nonim bor amaki, issiq. dedida, sovib qolmasligi uchun o‘rab qo‘yilgan selofan va adeyalni ochib nonni amakiga ko‘rsatmoqchi bo‘ldi.
- Nechchi pul noning?
- Uch ming so‘m amaki.
- Ikki yarim mingdan bersang to‘rtta olaman.
- Amaki to‘rttasiga o‘n bir ming bering
-......
Oynak ko‘tarilib amaki survordilar. Bola qo‘lidagi ikkita nonni qayta joyiga o‘rar ekan sovuqdan ko‘kargan lablari bir nimalar deb pichirlab qo‘ydi. Balki ichida so‘kingandur, balki ikki yarim mingdan bervorsam bo‘larkan degandir... Amakiga ham bolaga ham rahmim keldi.
A Xamedov.


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil