Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Hozirgi kunda internetda pul topishga qiziqib, ko'proq pul topish uchun turli "Лохотрон" saytlardan aldanib qolayotgan hamyurtlarimiz soni ko'payib bormoqda. Bunga sabab o'sha saytlarning che
Hozirgi kunda internetda pul topishga qiziqib, ko'proq pul topish uchun turli "Лохотрон" saytlardan aldanib qolayotgan hamyurtlarimiz soni ko'payib bormoqda. Bunga sabab o'sha saytlarning chet tilida ekanligi hamda hamyurtlarimzda bu haqida bilim yetishmayotganligidadir. Uni ham qo'ying o'zi sinab ko'rmagan lekin "Лохотрон""ekanligini bilib turib "o'zbekchalab" aldayotgan hamyurtlarimizga nima deysiz? Do'stlar, aldanib qolmang! Turmush o'rtog'im programmist. Ishi internetga bog'liq bo'lganligi uchun so'ngi paytlarda "Заработок в интернет" degan terminga juda ko'p duch keldi. Hatto shu soha bo'yicha savollar ham bo'ldi. Internetda pul topish bo’yicha turli saytlardagi maqolalarni o'qidik, o'sh maqoladagi ma'lumotlar rost ekanligiga yozilgan fikrlarni ko'rib biz ham o'sha saytlarda pul ishlashni boshladik. Boshida 1 rubl uchun 2-3 kun ishladik keyin 25-30 rubl, so'ng 100-150 rubldan ishlashni boshladik. Ishlagan pullarimizni tushirish uchun internet koshelok ochdik. 1 oy deganda hostingga to'laydigan pul chiqarib oldik. To'g'ri 1-ishlagan saytlarimizda ishlasak buni topa olmasdik ammo topshiriqlarni bajarish davomida yana ham yaxshiroq pul ishlash mumkin bo'lgan saytlarga o'tdik. Buni o'z o'zidan bilib olish mumkin emas chunki ma'lumot juda ko'p. Shu vaqt ichida turli usullarni ko'rdik: Forex, vebinar, birja, piar, obmennik, lekin sinab ko'rmadik chunki binga pul tikish kerak cho'ntagingdan chiqqan pul seniki emas uni saytiga tushdimi demak uniki, uni pulini qo'shib olib chiqib ketish uchun undan aqlliroq bo'lish kerak. Agar sen undan aqlliroq bo'lsang nega u kabi sayt qilib pul topmayapsan. Uni sayt qildirishga puli bor ammo sen ana shu pulni o'ndan birini olish uchun shu saytga kiryapsanku. Demak sen undan aqlliroq emassan va albatta pulingni unga berib qo'yasan. Shunday deb bu saytlarga kirmay qo'ya qoldim.
YouTubedagi internetda pul ishlash bo'yicha o'zbekcha obzor qilganlarga ko'zim tushdi. Juda kulgili va ayanchli holatga tushdim. Biri tayyor videoni tarjima qilib aytib beribdi. O'sha insonning ruscha ismini ham o'chirib yubormagan. Yaxshi bo'lsa ham mayli aldov, loxotron narsani aytibdi. Qolgan ko'pchiligi ham o'zi sinab ishlab ko'rmagan pul tikib qimor yo'li bilan qisqa vaqt ichida ko'p pul topishligini vada qilib gapiribdi. Sinab ko'rib yutqazganlar chiroyli so'zlar bilan kommentariya ham yozib qo'yibdi. Nomi zo'r bo'lganligi uchun prosmotr soni ham ko'p haqiqiylarini esa uncha videoni ichidan topib bo'psan. O'zi bu kabi saytlar boshqa tillarda bo'lganligi uchun shundoq ham bizga qiyin. NIMA KERAGI BOR BOSHQA TILDA ALDAGANI YETMAGANDAY O'ZBEKCHALAB HAM QO'SHILISHIB ALDAYSANMI?
O'zi o'zbek, ismi sharifi o'zbekcha, O'zbekistondagi institutda o'qigan va O'zbekistonda yashaydi. Lekin internetda yozilgan ruscha maqolamdagi birgina harf noto'g'ri bo'lib qolgani uchun qator qator gap yozib tanqid qilibdi. Uni ham qo'ying yozgan gapida ham hato bor. Axir ruschani bilmasam qanday qilib profil ochib sen bilan gaplashyapman. Yana bittasi esa o'zbekcha gapirsam umuman tushunmadim deydi, o'zbekcha savol bersam tushunib, ruscha javob beradi. Bunisiga nima deysiz?
Maslahatim o'yinlarga qiziqmang, hech qaysi saytga pul qo'ymang. Agar shu sohada pul topishni hohlasangiz ishonchli maqolalardan o'rganing. Kommentariyalarning hammasiga ham ishonavermang. Agar siz haqqoniy yozilgan kommentariyalarni farqlay olmasangiz, unda bu usul sizga emas.


Freelanser bugungi kundagi eng yaxshi daromad keltiruvchi soha xisoblanmoqda. Ammo qancha pul topishingiz freelanserlikning qaysi bir yo'nalishida ishlashingizga qarab belgilanadi
Batafsil
Freelanser so'zi yurtimizga yaqinda kirib kelgan bo'lib, masofadan turib ishlaydigan ishchi ekanligini ko'pchiligimiz bilsak-da, freelanserlik kasbi haqida bilmoqchi bo'lgan odamning hayoliga
Batafsil
Freelancerlikni yangi boshlovchilar qanday qilib muvaffaqiyatli erkin xodim bo'lish, qanday qilib tuzoqqa tushmaslik, ishonchli moliyaviy yordamga ega bo'lish haqida o'ylashi tabiiy.
Batafsil
Mehnat qilish sharoitining qulayligi: shaxsiy ish joyi, qulay kiyimda ishlash, mo'tadil haroratda, oziq-ovqat va boshqa qulayliklariga ega
Batafsil
Freelancer - so'zi inglizcha bo'lib, erkin ishchi degan ma'noni anglatadi. Freelanser odatda xizmatini o'zi taklif qiladi. Gazetada, e'lonlar doskalarida hozirda esa internetdagi maxsus e'lon
Batafsil