Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Sen bilan kelmagan, sen bilan ketmaydigan, narsa uchun nechun g‘am chekasan, Sen dunyo ishlarida sabrli bo‘l
Bir g‘amgin kishi, donishmandning huzuriga kelib:
– Aytingchi, meni qiynayotgan bu g‘am–tashvishlardan qutilishning biror chorasi bormi?
– deya, dardini doston qildi.
– Avval sen mening ikki savolimga javob ber, – dedi.
Kishi donishmandga qarab:
– Marhamat so‘rang! – dedi.
– Sen dunyoga kelgan vaqtingda sani qiynayotgan shu muammolar bor edimi? – deb so‘radi.
– Yo‘q,
– Dunyodan ketar vaqtingda shu g‘am tashvishlarni o‘zing bilan birga olib ketasanmi? – dedi donishmand.
U yana: – Yo‘q, – dedi.
– Sen bilan kelmagan, sen bilan ketmaydigan, narsa uchun nechun g‘am chekasan?! Sen dunyo ishlarida sabrli bo‘l! Nazaringni yerga emas, samoga qarat! Shunda muroding hosil bo‘ladi. Tabassum qil! Rizqing o‘lchab qo‘yilgan. Taqdiring belgilangan. Dunyo ishlari g‘am chekishga arzimaydi. Chunki u mudom Tirik va abadiy Zotning qo‘lidadir. Mutafakkirlardan biri: “Mo‘min, ikki ishning orasida yashaydi. Biri yengillik, ikkinchisi qiyinchilikdir. Agar bilsa, bularning har ikkisi ham, “ne'mat” dir. Chunki yengillikda shukr qilish bordir. Qiyinchilikda esa sabr qilish imkoni bor. Albatta sabr qiluvchilarga mukofotlari behisob berilur. Agar baxtli hayot kechirishni istasang, hamma narsani taftish qilaverma, hamma narsani aniqlash uchun tekshirib ko‘raverma, hamma narsani tahlil qilaverma. Chunki, qimmatbaho toshlar bilan shug‘ullanuvchilar olmosni hadeb tahlil qilavergach, uning asli ko‘mir ekanligini aniqladilar.
Internetdan olindi


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil