Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Kunlarning birida juda badavlat odam o‘g‘lini yoniga olib, sayohatga otlanibdi. Maqsadi farzandiga ba'zi odamlar qanday faqirlikda yashayotganini ko‘rsatish ekan.
Kunlarning birida juda badavlat odam o‘g‘lini yoniga olib, sayohatga otlanibdi. Maqsadi farzandiga ba'zi odamlar qanday faqirlikda yashayotganini ko‘rsatish ekan. Ular bir necha kunni fermadagi juda nochor oilada o‘tkazishibdi.
Uyga qaytayotganlarida ota o‘g‘lidan so‘rabdi:
-Sayohat yoqdimi, o‘g‘lim?
-Albatta, juda yoqdi, otajon,-javob beribdi bola.
-Ko‘rdingmi, odamlar qanchalik faqir bo‘lishlari mumkin?
-Ha, albatta!
-Sayohatimizdan qanday xulosa chiqarib olding?-yana so‘radi ota.
-Bola javob beribdi:
-Bizda bittagina, ularda to‘rtta it borligini ko‘rdim. Bizning hovuzimiz bog‘imizning o‘rtasigacha, ulardagi anhorning esa oxiri ko‘rinmaydi. Bog‘imizni chet eldan keltirilgan bir nechta chiroqlar yoritadi, ularnikida tunlari yulduzlar porlab turadi. Ayvonimiz hovlimizning oldigacha borgan, ularning kengliklari esa ufqqa cho‘zilgan. Biz kichik bir yer maydonida yashaymiz, ularning esa ko‘z yugurtirib, chamalab bo‘lmaydigan bepoyon dalalari bor. Biz yegulikni sotib olamiz, ular esa o‘zlari yetishtirishadi. Uyimiz atrofini himoya devori o‘rab turishadi, ularni esa do‘stlari.
Bu gaplarni kutmagan ota kalovlanib qotib qoldi. O‘g‘li yana qo‘shimcha qildi:
-Menga ularning qanchalar boy-badavlat ekanini ko‘rsatganingiz uchun katta rahmat, otajon...


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil