Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Uyga ketyapman. Kech soat 10. Yomg‘ir yog‘yapti. Pulim faqat avtobusgagina yetadi, men non ham sotib olishim kerak. Kayfiyatim juda yomon. Ichimda hayotning go‘zalligi haqida qo‘shiq aytib ke
Uyga ketyapman. Kech soat 10. Yomg‘ir yog‘yapti. Pulim faqat avtobusgagina yetadi, men non ham sotib olishim kerak. Kayfiyatim juda yomon. Ichimda hayotning go‘zalligi haqida qo‘shiq aytib ketyapman. Bekatda bir qari amaki turgan ekan. Yomg‘irda ivib ketibdi, uning yoniga borib boshi ustiga soyabonimni tutdim. Avtobusi kelgach, qariya ketdi. Bir er-xotin keldi. Ularga ham soyabonimni tutdim. Ular ham men ketadigan avtobusga o‘tirishdi. E'tirozimga qaramay, men uchun ham yo‘lkira to‘lashdi. Yo‘lkiramning puliga uyga non sotib oldim. Jilmayib qo‘ydim. Hayot qanchalar go‘zal!
Internetdan olindi.
* * *
«Afrikaga dori-darmon yuborishga qaror qilib, ancha-muncha dori to‘plagandik, lekin bir muammo yuraklarimizni pora-pora qildi, dorilar yo‘riqnomasidagi bir yozuv bizni yig‘latdi... Afrikaliklar uchun zarur bo‘lgan hamma dorilarning yo‘riqnomasiga «To‘q qoringa ichilsin», deb yozilgandi...»
©Charl'z Bukovski
Amerika yozuvchisi va jurnalist.



Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil