Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Rinit yaqinlashib kelayotgan onalik baxtini “buzishi” haqida bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligidan eshitish mumkin.Ko‘p hollarda burunning bitib qolishi homilador ayolning organizmiga ko‘p sonl
Rinit yaqinlashib kelayotgan onalik baxtini “buzishi” haqida bo‘lg‘usi onalarning ko‘pchiligidan eshitish mumkin.
Ko‘p hollarda burunning bitib qolishi homilador ayolning organizmiga ko‘p sonli gormonlar ta’sir qilishining natijasi hisoblanadi.
“Homiladorlik riniti” doimiy ravishda pishillab yurish bilan namoyon bo‘ladi. U jismoniy yuklamalarda va yotganda sezilarli darajada kuchayadi. Bunga progesteron gormoni va estrogenlar sababchi.
Allergik rinit.
Bo‘lg‘usi ona hatto homilador bo‘lishdan oldin allergik reaksiyalarga ega bo‘lmagan bo‘lsa ham, uning immun mavqeyi o‘zgargani bois burundan ko‘p miqdorda suvsimon shaffof ajratmalar kelishini kutish lozim. Ko‘p hollarda ular quruq yo‘tal, ko‘z yoshi oqishi, takror-takror aksirish, burun qichishi va hokazolar bilan birga kechadi.
Infeksion kasalliklardagi rinit.
Bo‘lg‘usi onalarda gaymorit, frontit va infeksion tumov paydo bo‘ladi. Odatda holdan toyish, ho‘l yo‘tal, tananing yuqori harorati, tomoq og‘rig‘i, turli rangdagi yiringli yoki shilimshiq ajratmalar va boshqalar ularning alomatlari hisoblanadi. Ushbu kasalliklar juda xavfli bo‘lib, otit va muddatidan oldingi tug‘ruqni keltirib chiqarishi mumkin.
Bo‘lg‘usi onada rinitni davolash
Odatda bo‘lg‘usi onadagi rinit davolamasdan ham o‘tib ketadi. Biroq u kayfiyatni, ishtahani va uyquni yomonlashtiradi hamda nafas olishni qiyinlashtiradi. Homiladorlik davrida vazomotor rinitni davolash ishlarini, eng avvalo, tarkibida tomirlarni qisqartiruvchi elementlarga ega bo‘lgan spreylar va burun uchun tomchilarni qo‘llamasdan turib amalga oshirish kerak.
Vazomotor “homiladorlik riniti” mavjud bo‘lganida burun yo‘llaridagi shilliq qavatlar shishini kamaytirish uchun ularga tuzli eritma tomiziladi. Bu Salin, Akvamaris, dengiz yoki osh tuzi bo‘lishi mumkin. Shuningdek tomchilar va surmadorilar ko‘rinishidagi evkalipt va mentol moyi ham juda yaxshi yordam beradi.
Allergik rinitga to‘xtaladigan bo‘lsak, uni davolashdan oldin allergen bartaraf etiladi. O’z-o‘zingizni davolash bilan shug‘ullanmang. Shifokorga murojaat qiling.
Infeksion tumov qanday davolanadi?
Antibakterial va viruslarga qarshi vositalar (burun uchun sprey, inyeksiyalar, tabletkalar) shifokor tomonidan individual tarzda tayinlanadi.
Tomoqni tozalash va suvsizlanishning oldini olish uchun muntazam ravishda kichkina porsiyalar bilan suyuqlik ichiladi.
Burunga zararsizlantiruvchi va qurituvchi ta’sirga ega bo‘lgan protargol eritmasi tomiziladi.
Pinosol tomchilari. Sinupret drajesi (nastoyka tarkibida spirt bo‘lmasligi kerak!).
Shilliq qavatdagi shish va yallig‘lanish holatlarini kamaytirish va nafas olishni yengillashtirish uchun boshga baland yostiq qo‘yib yotish mumkin.
Burun massaji. (Vazelin bilan)Ko‘rsatkich barmoqlar bilan burun teshigining tashqi asosidagi nuqtalarni massaj qilish burun bitishini kamaytiradi.
Yodni hidlash vaqtincha dimog'ni ochadi.

Bir guruh amerikalik, ispaniyalik va braziliyalik olimlar yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining rivojlanishiga yordam beradigan mahsulotlar ro‘yxatini tuzdi.
Batafsil
Tajribali reflektor miriqib uxlash uchun oyoq ostiga massaj qilish usulini tavsiya etadi. Aholining uchdan bir qismi uyqusizlik dardiga chalingan. Bu esa jiddiy asoratlarga olib keladi
Batafsil
Ko'pchilik odamlar tish doktoriga ya'ni stomotolog qabuliga borishdan qo'rqadi. Hatto stamotolog qabuli vaqtia ham ana shu qo'rquv stamotologlarga ko'p noqulaylik keltiradi.
Batafsil
Burun bitishi bu rinitning eng ko’p tarqalgan turi bo'lib, turli sabablarga ko'ra kelib chiqqan burun shilliq qavatining shamollashi. Rinitning eng ko’p tarqalgan turi bu – yuqumli rinit. U b
Batafsil
Onalarning hammasi bolalarda qo‘llarning mayda motorikasini rivojlantirish kerakligini biladi. Biroq hamma ham buni qay tarzda bajarish kerakligini va umuman mayda motorika o‘zi nima va uning
Batafsil
Аngina - bodomchasimon bezning kattalashishi. Shamollash natijasida bodomchasimon bezi kattalashadi. Infeksiya tufayli yiringlaydi va isitma chiqadi. Hozirda anginadan qutulishning bir qancha
Batafsil