Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Bir kuni ovchi yigit miltig‘ini yelkasiga ilib, bo‘ribosar itini yetaklab toqqa ovga chiqibdi. Tog‘da bir nechta bedana va kaklik otibdi. Ovi baroridan kelgan ovchi yigit xush kayfiya
Bir kuni ovchi yigit miltig‘ini yelkasiga ilib, bo‘ribosar itini yetaklab toqqa ovga chiqibdi. Tog‘da bir nechta bedana va kaklik otibdi. Ovi baroridan kelgan ovchi yigit xush kayfiyatda tog‘dan pastga tushayotgan mahal ko‘zi bir g‘orga tushibdi. Asta g‘orga kirib, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, ichkarida urg‘ochi bo‘ri 2 ta bolasini emizib yotganmish. Ovchi yigitni ko‘rgan ona bo‘ri tishlarini ko‘rsatib irillabdi. Yigit shosha-pisha urg‘ochi bo‘rini miltig‘i bilan otib tashlabdi. Bo‘ribosar esa bo‘ri bolalarini g‘ajib tashlabdi.
Ovchi yigit oqshomda uyiga qaytib kelibdi. Do‘stlarini uyiga chaqirib ziyofat beribdi. Ziyofat yarim tungacha davom etibdi.
Tongda ovchi yigit hovlidagi shovqindan uyg‘onib ketibdi. Yugurib tashqariga chiqsa ne ko‘z bilan ko‘rsinki, hovlining o‘rtasida buzoqdek keladigan bahaybat erkak bo‘ri turar, yonida esa ovchi yigitning 5 yoshli qizi bo‘rining dumidan tortar va:
- Dada qarang, kuchuk, kaatta kuchuk! - deb baqirardi.
Yigitning vujudi soniyada muzlab qolgandi! U kecha tog‘da o‘zi o‘ldirgan bo‘ri bolalarining otasi edi! Yigitning shuurida "Tamom! Qizchamdan ayrildim! Bo‘ri qasos olgani keldi!" degan fikr yarq etibdi. Shunda erkak bo‘ri asta qizaloqning ustiga engashib, uning yuzlarini iskabdi va yigitga qarab mungli ovozda uvlabdi.
Masofa qanchalik uzoq bo‘lmasin, yigit bo‘rining ko‘zlaridan oqqan yoshni ko‘rib turardi! Bo‘ri chaqmoqday tezlik bilan yugurib devordan sakrabdi va ko‘zdan g‘oyib bo‘libdi. Ovchi yigitning rangi oqarib ketgan, bo‘lishi muqarrar bo‘lgan mudhish voqeadan qo‘rqqanidan butun vujudidan ter quyilar, oyoqlari qaltirar, tili kalimaga kelmasdi. Arang qadam bosib borib, qizchasini quchoqlab, ho‘ngrab yig‘lab yubordi! Ha, bo‘ri uning farzandini avaylagan edi! Hatto shu tilsiz, ongsiz, eng vahshiy jonzot ham bolaga rahm qilgandi! U esa inson bo‘la turib bo‘ri bolalariga achinmagandi.
Yigit miltig‘ini toshga urib sindirib tashlabdi va qaytib ov qilmaslikka qasam ichibdi...


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil