Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

O'zbek ayollarining internetga kirishini to'g'ri qabul qilishning vaqti keldi Yomon ayollar va qizlar internetda emas oddiy hayotimizda ham uchraydi.

Turmush o'rtog'im programmist, programma, web saytlar qilish bilan shug'ullanadi. Buyurtmalari ko'p vaqtda yozuv chizuv ishlariga yordam berish uchun o'rganib birga ishlay boshladim. Ikkovlashib tez va sifatli qilganimiz uchun tez orada mijozlarga ega bo'ldik. Shunday qilib men ham saytlarning orqasidan internetga kirib qoldim. Turmush o'rtog'im internetda pul topish bo’yicha qizziqib sinab ko'rdi. Uyda o'tirib pul ishlash rost ekanligini ko'rib men ham qiziqdim. Bu saytlarda ishlash uchun sotsialniy setlardagi akkauntlar kerak bo'lar ekan. Yana zadaniyalar druzya soniga qarab narxlari ko'tarilar ekan. Druzya qilganimdan so'ng qiziqarli va qo'rqinchli postlar kela boshladi. Xavfsizligimni ta'minlash uchun tuzukroq o'rganishga majbur bo'ldim. Firmalar emas oddiy odamlarning reklamalarini ko'rdim va men ham sayt qila olishligimizni reklama qilib tarqatishni hohladim. Odamlar bilan gaplashish to'g'ri keldi.
Avallari druzya qilish uchun sayt ko'rsatib bergan foydalanuvchilarga zayavka berardim. Keyin o'zimni hamyurtlarimdan druzya qilsam web saytlarga zakaz bo'ladi deb o'yladim. Oldinlari hech kim hech narsa yozmasdi va shunchaki postlarimga layk qo'ydi. Ammo keyinchalik salom, tanishaylik degan xabarlar kela boshladi. Saytlar va zarabotka haqida gapirsam yo tushunmaydi yo yomonlaydi. Eng oxirida yana tanishaylik bilan tugaydi. Nahotki o'zbek yigitlari internetga faqat tanishish uchun kirishadi. Yana profilidagi bitta-yu bitta rasmini tez tez (o'sha rasmni o'zini) yangilashadi. Hammaga tarqashi va ko'pchilik ko'rishi uchun. Men bu narsani faqat rus qizlarida ko'rdim. Bu narsa qizlarga yarashadi lekin yigitlarga???
Xullas hafsalam pir bo'lib bu fikrimdan qaytdim va hatto profilimni ham o'chirib yubordim.
"O'g'rini ko'ziga hamma o'g'ri,
To'g'rini ko'ziga hamma to'g'ri bo'lib ko'rnadi" - degan maqol rost shekilli.
Ko'pchilik o'zbek qizlari va ayyollarining turmush o'rtog'i, dadasi, aka-ukalari chet elda. Ular bilan gaplashish uchun internetdan foydalanish ham arzon tushadi, ham video aloqadan foydalanish mumkin. Ular profilini nastroyka qilib boshqalarni zablokirovka qilib olishni ham bilmaydi.
Yomon ayollar va qizlar internetda emas oddiy hayotimizda ham uchraydi. Ammo hammasi ham bunday emasku. Oddiy hayotimizda ham qizlar tanishishadi lekin hammasi ham tanishish uchun ko'chaga chiqavermaydi-ku. Demoqchi bo'lganim internetga kirgan o'zbek qizi va ayollarining hammasi ham «buzuq» emas. Qayta qayta salom berishni bas qiling. Bir marta javob bermadimi o'zingizni pastga urmang, bezovta qilmang. Buni to'g'ri qabul qiling. O'zbek ayollarining internetga kirishini to'g'ri qabul qilishning vaqti keldi.

Detektiv asarlari bilan dunyoga mashhur Artur Konan Doyl bir kuni yirik bankirlarga telegramma jo‘natadi. Yozuvchining hazil xabarnomasi qisqagina edi
Batafsil

Бир саҳрои аёлнинг Ўғилчаси шўх экан. Ундан зарар кўрмаган, Бирон куни йўқ экан.
Batafsil
Kutubxonadagi kitobning ichidan kichik syurpriz topib oldim. Quyidagi rasmlarda kitoblarda qolib ketgan ajoyib narsalar haqida turli odamlarning olgan fotosuratlari joylangan.
Batafsil
Massachusets universitetining psixologi Robert Feldman tomonidan 2002 yilda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadi-ki, odamlarning 60%i 10 daqiqali suhbat davomida ikki yoki uch marotaba yo
Batafsil