Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.
Facebook hamda telegram ijtimoiy tarmoqlaridagi "Qishloqilik o'qituvchi" taxallusi ostida ijod qilayotgan o'qituvchinig postlariga nazar solsak, satirikalardan tashqari bir



Ayollarga aytadiganim (+18)Hurmatli va qimmatli munisa ayollar.
Mazkur yozadiganlarimni bir emas, bir necha bor diqqat bilan o‘qishingizni xohlar edim.
Yozadiganlarim Sizlar uchun yangilik emas. Lekin, takror bo‘lsada Sizlarning foydangiz umidida qog‘oz qoralashga qaror qildim.
Men tushunmagan bir – ikkita savollarim bor. Shu savollarga Siz oqilalardan javob olishni xohladim.
Ayol kishi ilmli, oqila va dono bo‘lishi, eng asosiysi esa farosatli bo‘lmog‘i lozim. Donolardan biri “Dunyoda xunuk ayol bo‘lmaydi, balki farosatsiz ayol bo‘ladi” degan edi.
Bu fikrning haqiqatga juda ham yaqin ekanini guvohi bo‘layapmiz.
Avvalo erkak jinsi vakili sifatida erkakning ayoldan nima xohlashini qulog‘ingizga aytmoqchiman. Erkak ming kuchli bo‘lgani bilan ayollarga muxtoj. Erkak jinsi mehr, muxabbat, e'tibortalab jins. Eng qizig‘i er har daqiqa ayolga ehtiyoj talab qiladi. Bu esa erli ayoldan juda katta xushyorlik va farosat talab qiladi. Xotin erining imkoniyatlarini, ruhiy-emosional holatini besh qo‘lday bilishi lozim. Har kuni, har soat eridan habardor bo‘lishi, sog‘ligi, ruhiyati, imkoniyati va ehtiyojlarini monitoring qilib borishi kerak.
Er ayolni xohlagan vaqtda ayol shu zahoti har qanday bahonalarsiz imkon yaratib berishi lozimligi tibbiy va shar'iy kitoblarimizda o‘z aksini topgan!!!
Aksariyat ayollarning xato va kamchiliklarini ko‘rsatib o‘tamiz:
Siz o‘qituvchisiz. Ba'zan maqtanib qo‘yasiz – 30 soat darsim bor...
Bu degani Siz ertalab soat 7 da uydan chiqasiz va kechqurun 18 da uyga qaytasiz. Siz epchilsiz, chaqqonsiz. Hamma narsaga ulgurasiz. Lekin eringizchi ??? U bir necha kun bemor bo‘ldi yoki ruhan tushkunlikka tushdi, bazan esa Sizni juda xohlab qoldi. Siz esa ishdan bo‘shay demaysiz. Bir ikki marta ishxonangizdan ruhsat so‘radingiz lekin muntazam bunday qila olmasligingiz aniq.
Bunday hayot erkak qishiga yoqadi deb o‘ylaysizmi....
Hechamda! Umr yo‘ldoshi robotga o‘hshab uy-ish-uy bo‘lishini hech qaysi er yoqlamasa kerak.
ER ertalab oila a'zolarini apil – tapil nonushta qildirib, kiyintirib, xali sutga to‘ymagan bolasini bog‘chaga, birini maktabga, yana birini institutga kuzatadigan, kechqurun esa horib charchab, ruhiy zo‘riqish bilan kelgan “ayol”ni xohlamaydi, ishonavering – xohlamaydi!!!
“Ishim shu, men ayolman, jonim qirqta, oilamga, jamiyatga foydam tegayapti, men ishlamasam erim qiynalib qoladi, ishlab kamu-ko‘stlarni to‘ldirayapman, uyning kreditini, qizimning qontrakt pulini to‘layapman, qizimga sep yig‘yapman, uy jihozlarini yangiladim, ishlamasam shular bo‘larmidi, men hech qiynalmayapman” - deyapsiz. O‘zingizni qachongacha aldaysiz. Asablaringizning charchaganini, jismingiz og‘ir mehnatlardan ezilganini nafaqat Siz balki boshqalar ham ko‘rib, bilib turishibdi...
Yakshanba kuni (ishxonangizdan hasharga chaqirib qolishmasa) bir dunyo kir yuvib, dazmol bosishingiz, uy tozalash-u, xayvonlarga qarashingiz, mehmon kutib yarim kechagacha idish yuvishingiz va hokazolar haqida gapirmayman...
Eringiz mehrni, ayollik tarovatini, xalovatni qachon, qaerdan olsin???
Men Sizni umuman ishlamang deyishdan yiroqman. Qonun bo‘yicha 20 soat ( 1 stavka) darsi bor o‘qituvchi har kuni 8 soat ishlashi lozim.
Qadrdonim. Siz avvalo ayollik majburiyati (xotinlik majburiyati) haqida ro‘molingizni bir chekkaga qo‘yib o‘ylab ko‘ring. Erim bir kunda 24 soat ishlashimga rozi desangiz, o‘zingiz bilasiz.
Yo‘q, 10 soat dars berib asosiy vaqtimni er roziligi uchun uyda, oila davrasida o‘tkazaman, ertalab shoshmasdan ishga kuzatib, kechqurun shirin ovqatlar pishirib, (xammomni isitib) hush kelibsiz deb kutib olaman, erim qachon xohlab qolsa tayyorman desangiz ham o‘zingiz bilasiz.
Boshqa kunlari kirlarni yuvib, ishlarni tugatib, shanba, yakshanba kunlari oila bilan dam olgani borsangiz yaxshi bo‘ladi menimcha. Farzandlaringizning xotirjamligini ko‘rsangiz edi...
Xolodilnikni bu yil emas keyingi yil olsangiz, 4 xonali ta'mali kvartirada emas 2 xonali o‘zingizning kvartirangizda yashasangiz, 20 millionli mebelning o‘rniga 2-3 millionli mebel' olsangiz Sizni xech kim urushmaydi-ku...
Ishxonangizdagi kim o‘zardan qolmaslik uchun olgan 1000 dollarlik brilliant ko‘zli uzugingizning o‘rnida nikoh uzugingiz juda ham yarashar edi...
Moddiy tomondan hamma narsasi bekamu ko‘st bo‘lib, yana ishxonaga shoshayotganlarni, ish, stavka talashib soch yulishayotganlarni baribir tushunmayman. Alloh niyatga yarasha ulardan hotirjamlikni, barakani, ko‘zi to‘qlikni olib qo‘ysa kerak.
Aziz ayollar. Siz o‘qituvchi bo‘lmasligingiz mumkin. Kimdir shifokor (tungi navbatchilikni aytmayman), kimdir tarbiyachi va yana kimdir boshqa kasb egasi...
Lekin, aksariyatingizning turmush tarzingiz shunday ekanini ko‘rib turibman. Biringiz singlim, biringiz opam yana biringiz qo‘shnimsiz.
So‘zim so‘ngida internetda o‘qigan va menga qattiq ta'sir qilgan voqeani havola qilmoqchiman:
Amerikalik o‘ta zamonaviy 40 yillik oila ajrashibdi. Erni islomiy do‘stlari bor ekan. Sen islomga kirsang, bir musulmon ayolga uylantirib qo‘yamiz deyishibdi. Erkak rozi bo‘libdi va uylanibdi. Bir oydan so‘ng do‘stlari hol-ahvol so‘rashsa, nima debdi deng?
- Men 40 yil “erkak kishi” bilan yashagan ekanman... Haqiqiy ayol kimligini endi bildim!
Munisalar, o‘zbek oyimlar. Meni to‘g‘ri tushundingiz deb o‘ylayman. Erning haqqi va xotinning majburiyatlarini mendan yaxshi bilasiz deb o'ylayman.
https://www.facebook.com/qishloqlik.oqituvchi/posts/143015680227882



O'zbekistonda bloggerlarga shu qadar e'tibor kuchaydi-ki, hatto qonun darajasiga olib chiqildi. Mamlakatimiz OAV va blogerlarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq normalar ishlab ch
BatafsilYaqinda telegram ijtimoiy tarmog'ida "Janob satirik" kanalidagi ajoyib hazillarni ko'rib a'zo bo'ldim va kuzata boshladim. Ushbu kanal egasi Abbos Serobov ismli oliy o'quv yurti talabasi bo'l
BatafsilKimlarningdir nazarida satirikalar yozuvchi satirik, kimlar uchundir maqola yozuvchi jurnalist, kim uchundir muammolarni yorituvchi blogger va yana kimlardir uchun post yozuvchi o'qituvchi bo
Batafsil