Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Qiyomatli do‘st tutingan jo‘ram bor edi. Juda qadrdon edik. U qazo qilayotganida menga o‘zining 2 ta qizini vasiyat qilib, ularni yaxshi joyga uzatishimni so‘ragan edi
Erkak kishi o‘ziga do‘st tanlashda, kasb-u hunar tanlashda va bir umrlik juft tanlashda, hech qachon adashmasligi kerak.
Bir kuni ishdan chiqib, bir taksiga o‘tirdim. Haydovchi, sochi oppoq yoshi ancha ulug‘, qariya otaxon kishi ekan. Men ularga:
- “Amaki, farzandlaringizni qarzidan qutilib, hammasini uyli-joyli qilib bo‘lmaganmisiz”, - deb so‘radim. Ular menga:
- “Ha, o‘z farzandlarimni hammasini oilali, uyli-joyli qilib bo‘lganman, ammo, yana 2 ta qiz farzandlarim bor, ular uchun ishlab yuribman,” - dedi. Bu javobdan yana hayron bo‘ldim. Shunda ular menga:
- “Qiyomatli do‘st tutingan jo‘ram bor edi. Juda qadrdon edik. U qazo qilayotganida menga o‘zining 2 ta qizini vasiyat qilib, ularni yaxshi joyga uzatishimni so‘ragan edi,” — deb tushuntirish berdi. – “Do‘stim - juda yaxshi edi. Men oilamdan uzoqda yurgan vaqtlarimda u mening farzandlarimni o‘ylab bozor qilib eshikdan kirmasdan, farzandlarimga oziq-ovqat yetkazib, ulardan doim habar olib yurgan.
Taksist amaki, yana: “Shu do‘stimning 2 ta qizlarini uzatmagunimcha, Yaratgan egam meni jonimni olmay tursin, mana ishlab ularni to‘yiga ancha sep sarposini yig‘ib qo‘ydim, hammasi tayyor bo‘lib qoldi, InshaAlloh endi yaxshi joyga nasib etsa, ularni uzatib olsam, keyin yorug‘ yuz bilan do‘stimni oldiga borsam deb umid bilan yashab, rizq so‘rab yuribman,” - dedi.
Men yig‘lab yubordim. Ha, hali shunday imoni mukammal insonlar oramiz borda. O‘shalar borligi uchun bu dunyo - shuncha razolatlar bilan ham qiymat bo‘lmasdan turibdida, deb o‘yladim.
O‘sha amaki bilan xayrlashar ekanman, ularga juda havasim keldi. Chunki, uning haqiqiy iymoni bilan birga - qiyomatli, vafodor do‘sti bo‘lgan ekan.Bu insonlarga havasim keldi. Qiyomatli do‘stlar ko‘paysin.


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil