Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

ONA - bu qanday xilqatki, hatto jon berayotib ham bolam desa. U dunyoda turib ham farzandini himoya qilsa.
Onam to‘rt yil oldin olamdan o‘tgan. Bir kuni tushimda onam kelib:
- O‘g‘lim singlingni uyiga bor... - dedilar
- Oyi hali bordim ..
- Hozir bor bolam singlingni tobi yo‘q -dedilar.
Uyg‘onsam soat 01:00 bo‘libdi. Yarim tun ekan deb yana uxladim. Oyim yana tushimga kirib:
- Tur o‘g‘lim bor - dedilar Turib ko‘ng‘iroq qilsam hech kim go‘shakni ko‘tarmadi. Singlimni eri yarim yil oldin Rossiyaga ishlagani ketgan. Singlim ikkita kichkina farzandi bilan turardi. Men mashinamni yurgizdim, dadamga "firmaga yuk kelganini" aytib kechasi 02:30larda uydan chiqdim.. Singlimni uyiga bordim, eshikni katta o‘g‘li ochdi. Rostdan ham singlimni mazasi qochib, harorati ko‘tarilib bezgak tutayotgan ekan. Farzandlari yosh, nima qilishini bilmay turishganlaridan, meni ko‘rib yig‘lab yuborishdi. Singlimni kasalxonaga olib bordim. Kerakli muolajalarni qilishdi. Doktor menga vaqtida olib kelganimni va muddat boy berilganda jiddiy asoratlar qolishi mumkinligini aytdi.. Ertasi kuni tushimga onam yana kirdi. Bu safar ular yuzida tabassum bilan:
- "Sendan roziman bolam, singlingni avayla! "- dedilar
ONA - bu qanday xilqatki, hatto jon berayotib ham bolam desa. U dunyoda turib ham farzandini himoya qilsa.


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil