Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Bir kuni arslon yoniga qo‘yni chaqirib: - Yaqinroq kel-chi, og‘zimdan yomon hid kelmayaptimikin? – debdi. Qo‘y farosatsizlik qilibdi.
Bir kuni arslon yoniga qo‘yni chaqirib:
- Yaqinroq kel-chi, og‘zimdan yomon hid kelmayaptimikin? – debdi.
Qo‘y farosatsizlik qilibdi.
- Ha, arslonim, og‘zingiz sasiyapti. Kimning boshini yegandingiz? – debdi.
Arslonning jahli chiqib, qo‘yni parchalab tashlabdi.
Hovuridan tushgandan keyin, yoniga ayiqni chaqirib, unga ham ayni savolni beribdi.
- Sizdan yomon hid kelarmidi, arslonim! – debdi ayiq yaltoqilik bilan.
– Arslonning hidi kelyapti sizdan!
Arslonga uning bu xushomadi yoqmabdi, «Ayiqqa yarashmaydigan gap qilding, la'nati!» - deya, rosa ta'zirini beribdi.
Navbat tulkiga kelibdi. Oldingilarning oqibatini bir chetda kuzatib turgan tulki arslonning oldiga xastaga o‘xshab, yolg‘ondakam yo‘talib kelibdi. Arslon unga ham o‘sha savolni beribdi.
- Meni ma'zur tuting, arslon janoblari! – debdi tulki mo‘ltirab.
– Necha kunki mazam yo‘q, shamollab qolibman. Burnim ham bitib qolgan, hid bilmayapman...
Arslon uning boshini silab, sog‘lik tilab, qo‘yvoribdi.
Voqealarni kuzatib turgan bo‘ri tulkining yoniga kelib:
- Yomonam ayyorsan-da, - debdi ta'na bilan.
- Balki ayyordirman, - debdi tulki. – ammo ahmoq emasman. Faqat ahmoqlargina og‘zi sasib, quturib turgan vahshiyga haqiqatni aytsam yoki yaltoqilik qilsam, omonda bo‘laman, deb o‘ylaydi. Men haqiqatni ham uvol qilmadim, xushomadgo‘ylik qilib o‘zimni ham yerga urmadim!..
P/S: Hech kimni bu masaldagi hayvonlarga o‘xshatish tavsiya qilinmaydi.


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil