Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Xitoy restoranida ovqatlanib bo‘lganingizdan so‘ng idishingiz ostida munajjimlar bashoratiga ko‘zingiz tushsa, ajablanmang. Bu bashoratni tuzuvchilar uning sizga yoqishi uchun astoydil bosh q
Bu dunyoda shunday g‘aroyib kasblar borki, ular egalariga yaxshigina daromad olib keladi. Bu kasblar haqida ilgari eshitmagan bo‘lsangiz, hayratlanishingiz tabiiy.
Ilon zaharini to‘plovchilar

«Ilonsog‘ar»lar dunyodagi eng zaharli shaqildoq ilon va kobralarning zaharini yig‘ishadi. Olingan zahar kasalxonalar va laboratoriyalarda ziddi zahar tayyorlash uchun foydalaniladi va bir grammi taxminan 1000 dollardan sotiladi.
Kelinning dugonasi
U haqiqiy dugonadan farq qilmaydi, lekin mas'uliyatli to‘y kunida o‘z tajribasi bilan asqotadi. O‘ziga xos yordamchi vazifasini bajaruvchi dugona turli muammolarni yechadi va fotosuratlarda chiroyli chiqadi. Kelinning dugonasi xizmati uchun 300dan 2000 dollargacha haq oladi.
Aysberg suruvchi
Xalqaro muz qo‘riqchilari okeanda yirik aysberglarning harakat yo‘nalishini kuzatib boradi va kemalar uchun xavfsiz yo‘nalishlarni tavsiya etadi. Zaruriyat tug‘ilganida ular aysberglarni kema yo‘lidan surib berishadi.
Yig‘lovchi
Professional yig‘lovchi aza marosimida o‘zining qayg‘u bilan yig‘lashi orqali hammani hayron qoldira oladi. Angliyaning «Yig‘lovchini yollang» kompaniyasi ikki soat uchun 70 dollar evaziga o‘z mutaxassislari xizmatini taklif etadi.
Itlarni serfingga o‘rgatuvchi

Serfingga nafaqat insonlarni, balki itlarni ham o‘rgatishadi. Itlar va ularning egalari yoki faqat itlar uchun serfing darslari to‘lqinlar uzra parvoz sirlarini o‘rgatadi.
Yuzlarni sinovchi
Bu mutaxassis o‘zining sezgir barmoqlari bilan kosmetik mahsulot yoki soqol tarashlovchi uskunani sinovdan o‘tkazayotgan kishining yuzlarini silash orqali mahsulotning sifatini tekshirib ko‘radi. Bu kasbda soatiga 25 dollargacha daromad topish mumkin.
Jasadlar zargari
Aziz insonidan ayrilgan ayrim insonlar ayriliqqa ko‘nikishni istashmaydi va marhumning jasadidan zargarlik buyumi yasashga buyurtma berishadi. Ular marhum tanasi bo‘lagidan tayyorlangan uzukni taqib yurishadi.
Nafasni baholovchilar
Ular rezinka saqich, so‘rma qandlar, tish pastalari ishlab chiqaruvchi kompaniyalarda ishlashadi. Maxsus sinov paytida ular mahsulotning sifatini baholashadi va bu haqda hisobot tayyorlashadi.
Itlar uchun ozuqani yeb sinab ko‘ruvchilar

Ayrim kompaniyalar itlar uchun chiqarilgan ozuqaning ozuqaviy qiymatini baholash uchun ishchi yollaydilar. Shuni ham aytib o‘tish joizki, aksariyat hollarda sinovchilar itlar ozuqasini chaynab ko‘rishadi, lekin yutib yuborishmaydi.
Jinsni aniqlovchilar

Bu mutaxassislarning vazifasi tuxumdan chiqqan jo‘jalarning tovuq yoki xo‘rozligini aniqlashdir. Asosan Angliya va Yaponiyada keng tarqalgan bu kasb egalari yiliga 60 ming dollargacha pul topishadi.
Navbatda turuvchilar

Narxlar arzonlaydigan mavsum va Apple kompaniyasining yangi mahsuloti sotuvga chiqadigan kunlari bu kasb egalari qattiq ter to‘kishadi. Ana shunday kasb egalaridan birining aytishicha, u haftasiga ming dollargacha haq oladi.
Bashorat tuzuvchilar
Xitoy restoranida ovqatlanib bo‘lganingizdan so‘ng idishingiz ostida munajjimlar bashoratiga ko‘zingiz tushsa, ajablanmang. Bu bashoratni tuzuvchilar uning sizga yoqishi uchun astoydil bosh qotirishadi. Munajjim bashoratini tuzuvchilar yiliga o‘rtacha 40 ming dollar ishlashadi.

Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligi
Batafsil

Freelanser bugungi kundagi eng yaxshi daromad keltiruvchi soha xisoblanmoqda. Ammo qancha pul topishingiz freelanserlikning qaysi bir yo'nalishida ishlashingizga qarab belgilanadi
Batafsil
Freelanser so'zi yurtimizga yaqinda kirib kelgan bo'lib, masofadan turib ishlaydigan ishchi ekanligini ko'pchiligimiz bilsak-da, freelanserlik kasbi haqida bilmoqchi bo'lgan odamning hayoliga
Batafsil
Freelancerlikni yangi boshlovchilar qanday qilib muvaffaqiyatli erkin xodim bo'lish, qanday qilib tuzoqqa tushmaslik, ishonchli moliyaviy yordamga ega bo'lish haqida o'ylashi tabiiy.
Batafsil
Mehnat qilish sharoitining qulayligi: shaxsiy ish joyi, qulay kiyimda ishlash, mo'tadil haroratda, oziq-ovqat va boshqa qulayliklariga ega
Batafsil