Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash
29 Mavzu : 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Sonlarni o’qish va yozish, sonni xona qo’shiluvchilari, ayirmasi ko’rinishida ifodalashni o’rgatish. 10 sonini xona qo’shiluvchilarini o’rgatish.
Tarbiyaviy: Ajdodlarimiz yaratgan meroslar bilan tanishtirish.O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni 10 soni
1 – misol. Misollarni bajarish orqali natijani tekshirish
2 – misol. Rasmlar yordamida misollar yechish. Sabzavotlarni taqqoslang
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Geometrik shakllarni nomini ayting.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
Sonlarni kataklarda yozishni o’rgatish. Matematika daftarida misollar yechish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan sonlarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022