Kategoriya: Hikoyalar

1 oyda qaytib kelgan kelinning hikoyasi


Yohud "Qizg'onchiq qaynona"

«To'y utdi, hamma qarindosh urug' tarqadi... Hammasi 3 kundan keyin boshlandi.

Kechasi uxlab yotganakanmiz, Soat tungi 2 lar atrofida erimni tellari jiringladi, uyg'onib ketdik, telefonni ko'tardilar. Qaynonam «mazam yo'q, pastga tush» dedilar (kelin yotoqxonasi 2chi qavatda ekan) 

Men qo'rqib ketdim. Nima kildikin oyijonimga deb, tez-tez kiyinib, erimni ham shoshirib, "Tez tushaylik, bo'laqoling tezroq" derdim. Erim bo'lsa shoshilmay harakat qilardi. (Bilarkan onasini odatlarini)

Pastga tushdik, qaradik. Erim aytdi-ki, "davleniyalari oshgandur, shunaqa bo'lib turadi, yaxshi bo'lib qoladilar"-dedi. Qaynaonam erimga "shu yerda yotgin" deb olib qoldilar.  Men xonamga chiqib yotdim. Shu bilan erim 3 kun onasi bilan yotdi, man o'zim 4-kuni, nima bo'lyaptio'zi, tuzuk bo'lib qoldilarmi? Yaxshi yuribdi-ku, bo'lmasa shifoxonaga olib boraylik yoki doktor chaqiraylik" desam, "Yo'q ozgina sabr qil, hammasi yaxshi bo'lib ketadi, jim"-deb mani ko'ndirib yurdi. 

Oradan ozgina vaqt o'tib, bir kuni xonamni tozalayotganimda qaynonam to'g'ri xonamga kirib keldilar. Narsalarimga qarab nimalardir qildi. Man xayron bo'lib, "Tinchlikmi oyijon"- desam, "ha tinchlik"- deb, erimni narsalarini, kerakli kiyimlarini, oyoq kiyimlarini yig'ib pastga olib tushib ketdilar.

Hayron bo'lib qoldim..... 

Erim bo'lsa faqat "Jim, sabr qil" - deydi..


Muallifi: Sir tutilgan

Reklama
Reklama