Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. Juft va toq sonlar


32   Mavzu : Juft va toq sonlar

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-

tish.  Sonlarni  o’qish va yozish, sonni xona qo’shiluvchilari, ayirmasi ko’rinishida ifodalashni o’rgatish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;

FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.   O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

III  Yangi mavzu  bayoni  1-misol.   

1, 3, 5, 7, 9 sonlari toqsonlar  2, 4, 6, 8, 10 sonlari juft sonlar ekanli

gini  sanash orqali o’rgatish. Ikkitalab sanashni mashq qilish.

Nechta likopcha bor?

 Har birida nechtadan olxo’ri bor?

                                                                    Bir likopchada 2 tadan olxo’ri bor. Buni quydagicha izohlash mumkin.     2  +  2  +  2  +  2  +  2  =  10

    2-misol.

Rasmdagi jamoalarni sanash orqali ularning raqamlarini juft va toq sonlarga ajratish.

                                                                                          Sabzavotlar sonini sanash orqali

                                                                                      aniqlash.

                                                                                          Qaysi sabzavot ko’p, qaysi biri eng

                                                                                     ko’p? Qaysi biri eng kam?


3 – misol. Misollar yechish.

  8   -  3  =  5            5   +  4  =  9        9   -  7  =  2       2  +  4  =  6

  2   +  3  =  5           7   -   2  =  5        2    + 1  = 3       9   -  6  =  3

   (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash   

V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.

O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.

VI. Uyga vazifa:   O’rganilgan sonlarni takrorlash.


Reklama
Reklama