Kategoriya: Har xil Har xil rasmlar
8-martga sovg'alar - idealar
Bahorning ilk kunlaridanoq kirib keladigan 8-mart bayrami, barchaga birdek bayram kayfiyatini ulashadi. Xalqaro xotin - qizlar kunida ayollarga turli sovg'alar beriladi. Yoshligimizda onalarimizga otkritkalar tayyorlar edik. Sinfdoshlar esa sinfdosh qizlarni bo'lishib olib sovg'a berishardi. Kelinlar gul kutadi, kattaroq bo'lgach esa shuni o'rniga non ko'tarib kelmabsiz-da deydi. Xalqimizda "topgan gul- topmagan bir bosh piyoz" degan naql bor. Har kim o'ziga to'g'ri keladigan sovg'ani oladi. Ammo ayol kishining tabiati nozik, go'zallikni, bezaklarni yaxshi ko'radi. Qimmatbaho sovg'adan ko'ra bezatilgan, sovg'a beruvchi tomonidan oz bo'lsada bosh qotirib, kundalik hayotdagi bir xillikdan boshqacharoq narsani o'ylab topib, e'tibor qaratilgan sovg'a ko'proq xursandchilik olib keladi. Yoshi, xarakteri, ish yoki o'qish joyi, kayfiyatiga qarab sovg'a tanlay olish ham bir san'at. Quyida 8-mart bayramida ayollarga sovg'a tayyorlashning oddiy usullari, ozgina bezak bilan juda chiroyli sovg'a tayyorlash sirlarini ko'rsatuvchi rasmlar bilan tanishishingiz mumkin. Bu rasmlar orqali o'zingiz ham qo'l mehnati yordamida sovg'a tayyorlay olasiz.
Albatta ko'pchilik ko'pgina gul sovg'a qilishni hohlaydi. Ammo bu qimmatga tushadi. Quyidagi rasm kabi oz gulni ko'p qilib ko'rsatish va qimmatbaho sovg'a kabi qilish imkoniyati ham bor.
Gul qog'oz bilan o'ralgan qutiga po'kak, mochalka yoki gubkani solib, gullar jarohatsiz kirishi uchun teshiklar hossil qilib olgach gullarni joylashtirib chiqiladi.
8-martga quyidagicha sovg'a. Yozuv tuzilgan va karobkaga solingan ajoyib syurpriz. Ochgandan so'ng yuziga tabassum yuguradi.
Guldan yana oila a'zolaringizga hush kayfiyat ulashish uchun yuqoridagi kabi uyingizga bezak tayyorlasangiz bo'ladi. Tabiiy gul yoki sun'iy guldan tashqari rangli qog'ozdan ham shunday chiroyli gul yasash mumkin. Origama usuli yordamida.
Guldastani faqat guldangina emas turli narsalardan masalan shokoladdan, kosmetikalardan, shirinliklardan yuqoridagi rasmdagi kabi o'yinchoqlardan ham yasash mumkin. Ayniqsa maktab,kollej va institut yoshidagi qizlarga mos keladi.
Ko'pgina o'yinchoqdan foydalanishni hohlamasangiz quyidagicha tayyorlashingiz mumkin.
Shirinliklardan tayyorlangan buket ham chakkimas, antiqa, yangicha usul.
8-martga sovg'ani mana bunday ko'rinishda tayyorlash ham mumkin.
Yurak shaklli karobkaning chetiga uzunchoq shakldagi har qanday bir xil yoki xar xil shokoladlar yopishtirilib, ichiga konfet va shirinliklar bilan to'ldiriladi.
Gul ham shirinlik ham bor.
8-martga shirinlikdan sovg'a tayyorlashning arzon usuli, "zato" mehr-muhabbat ko'p.
So'zlar yozilgan shirinliklar topib, ana shu so'zlarga mos keluvchi iliq tilaklar bilan tayyorlash mumkin. Ayniqsa onajonlarimizga hali hech kim bermagan o'zgacha sovg'a.
Eng yaxshi sovg'a pul deb hisoblaydigan ayollar ham bor. Ayniqsa har bir nomerni ketma ket ochgan sari kattaroq pul chiqadi deya qiziqish bilan ochsa. Sharning portlashi odamga bayramona ruh va bolalikdagi hursandchilikni baxshida etadi. Ichiga tilaklar yozilgan qog'oz, mitti o'yinchoq yoki konfetlar, yaltiroqchalar ham solib qo'yish mumkin.
Qo'lda tayyorlanadigan sovg'a, otkritka turkumidan noodatiy sovg'a. Ishirilgan holda yozilgan yozuv yoki chizilgan rasm sharning havosi chiqib ketganidan so'ng kichik bo'lishdan tashqari chiroyli bo'lib qoladi. Bu ham bir idea, g'oya.
Ertalabdagi kayfiyat ko'pincha kun bo'yi tark etmaydi. Ro'paraga tilak yozishingiz mumkin.
Yana bir syurpriz:
Mana bunday chiroyli bezatilgan dasturxon onalarimiz uchun foydali, kerakli, unitilmas sovg'adir. Ozgina mehnat talab qilinadi holos.
8-martga ham shu kabi sovg'a tayyorlash mumkin.
Yoki mana bunday.
Yasanib, o'ziga oro berib, chiroyli ko'rinishni istamaydigan ayolning o'zi yo'q. Ammo kosmetikaning qimmatligi tufayli birini olsa biri qolib ketadi. Bunday sovg'a har bir qiz va ayollarning orzusi. Buket tarzida berishni hohlamasangiz yoki soni oz bo'lsa quyidagicha karobkaga solib berishingiz ham mumkin.
Oq qog'ozdan somoncha kabi uzun uzun qilib qirqib, karobkani yarmi to'ldirilgach narsalarni joylashtirishingiz mumkin. Ko'tarib yurishda ham havfsiz.
Foydali va kerakli sovg'a. Ko'pchilikni esidan chiqib qoladigan odati bor. Ayniqsa oshxonada qo'l keladi. Masalan munyu tuzishda, eslatma yozib ketishda va bozorlik ro'yhatini tuzishda.
Uy bekalari uchun sovg'a.
Qo'l mehnati yordamida tayyorlanadi.
Maktab o'quvchilari uchun idealar: arzon va chiroyli sovg'a tayyorlash. Ozgina bezak, e'tibor va mehnat bilan qadr-qimmatli sovg'aga aylantirish mumkin.
Chevarlarga maxsus sovg'a
8-martga otkritkalar.
Tepasidagi gulni yasash uchun ushbu saytdagi hand made menyusidan kvilling va origama maqolasini toping.
Kichkinagina sovg'ada kattagina tilaklar:
Yoki ko'pgina tilaklar:
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022