Kategoriya: Salomatlik
Boladagi burun bitishini tezda davolash oson!
Burun bitishi bu rinitning eng ko’p tarqalgan turi bo'lib, turli sabablarga ko'ra kelib chiqqan burun shilliq qavatining shamollashi. Rinitning eng ko’p tarqalgan turi bu – yuqumli rinit. U burun bitishidir. Burun bitishining kelib chiqishi sababi mikroblar va viruslar. Sovuq o’tishi bilan rivojlanib ko’payib ketadi va bola organizmi yenga olmay qoladi. Mikroblar va viruslar ko’payib, rivojlanib organzmga infeksiya tushiradi va biz bilgan kasallik paydo bo’ladi. Rinitning 2 –darajadagi mashxur turi – allergik rinit. Bu turdagi rinit tufayli juda ko’p bolalar burun bitishidan qiynaladi.Turli hidlar, changlar va boshqa sabablarga ko’ra paydo bo’ladi. Bu holatda o’zimizcha davolash yaramaydi. Albatta vrachga ko’rinish zarur. Keltirib chiqarayotgan allergenni aniqlash kerak.Shunga qarab aniq davolash usulini topib oson davolanadi. Agar sizning bolangizning burun bitishi aniq shamollashdan deb hisoblasangiz quyidagi tavsiyalarimiz orqali oson, ortiqcha vaqt va mablag’ sarflamasdan davolashingiz mumkin.
Boladagi burun bitishini tezda davolash oson!
Burun bitishi nima ekanligini bilib olaylik
Qanday qilib burun bitishini tez davolash mumkin?
Agar burun bitib qolsa virus chiqib ketmaydi
Vitamin C va ko’p suyuqlik ichish
Davolash
Qanday qilib burun bitishini tez davolash mumkin?
Burunni shilimshiqdan tozalash kerak. Hamma bolalar ham burun tashlashni bilmaydi. Shuning uchun ota onalar yordam berish kerak. Shilimshiqni yutish bilan bola ichiga turli zaxarli toksinlar va viruslarni yutadi. Shuning uchun 1-o’rinda undan qutulish kerak.
Agar burun bitib qolsa virus chiqib ketmaydi
Agar burun bitib qolsa shilimshiq kelib chiqish joyida to’planadi va virusning tarqalishi ko’payadi. Eng yomoni ichkariga ya’ni boshqa nafas olish yo’llariga qarab ko’payadi. Bunday holat bo’lmasligi uchun tezroq bitgan burnini ochishga harakat qiling.
Vitamin C va ko’p suyuqlik ichish
Huddi shamollash kabi burun bitishida ham ko’p suyuqlik ichish tavsiya etiladi. Ko’pincha burun bitishi isitma va terlash bilan birga o’tadi. Bu esa tananing suvsizlanishiga olib keldi. Burun bitishining har qanday turida eng yaxshi da'vo bu vitamin C hisoblanadi. Vitamin C aptekada arzon narxda sotib olish mumkin. Lekin o’z nomi o’zi bilan askorbin kislotasi ya’ni kislotalilik hususiyati bor. Har qanday narsani ortig’i zarar qilgani kabi uni ham ko’p ishlatish mumkin emas. Eng yaxshisi ovqatlanish ratsionimizga qo’shganiimiz ma’qul. Yurtimiz serquyish o’lka. Qishin yozin meva uzilmaydi. Ayniqsa nordon mevalarda VitC ko’p bo’ladi.
Quyidagi mahsulotlarda Vitamin C mavjud:
Na’matak;
Olma;
Anor;
Ismaloq;
Limon;
Uzum;
Nok;
Qulupnay;
Smorodina;
Apelsin;
Mandarin.
Eng ko'pi qalampirda
Kasallikning tarqalishiga yo’l qo’ymang
Burun bitishini davolashda butun tanaga tarqab ketishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Agar burundagi shilliq og’iz bo’shlig’iga tushib qolsa unda angina yoki oshqozon kasalini keltirib chiqarish mumkin. Agar bolangiz burnini juda chuqur va qattiq tortadigan bo’lsa shilliq o’pkasiga tushib qoladi va organizm uni tashqariga chiqarish uchun yo’talni hosil qiladi. Agar shilliq o’pkada uzoqroq turib qoladigan bo’lsa bronxit, pnevmoniya va shu kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shunday odamlar ham borki agar kasallikni teg qo’yib qo’yilsa o’zi o’tib ketadi deb o’ylashadi. Bunday beg’amlikni deb bir necha kundan keyin juda katta muammoni keltirib chiqarib olish mumkin. Ayniqsa undan keyingi asoratlari: gaymorit, frontit kabi. Shuning uchun bolani shamollashiga mas’uliyat va e’tiborli bo’lish kerak.
Davolash
Yuqorida aytganimdek bolaning burun bitishini davolash kechiktirib bo’lmaydigan zarur ish va albatta vrach bilan maslahatlashish zarur.
O’z tajribamdan kelib chiqadigan bo’lsam men quyidagicha davolayman:
Farzandlarim biri og’risa hech qancha o’tmay ikkinchisi ham shu kasal bilan kasallanishadi. Shaxsan meni farzandlarimda allergik kasallik yo’q va hech qanday dori va mahsulotlarga allergiyasi, nojo’ya ta’siri kuzatilmagan. Yaqinda burun bitishi shamollash ta’sirida kelib chiqdi. 1-kuni kunduzi unchalik bilinmadi kechasiga kelib burni bitdi. Spirt bilan tomoq, kurak va qornini rastiraniya qildim. Romashka damlamasiga ozgina namatak siropi qo’shib ichkazdim.
1-usul: O’ringa yotgandan so’ng burniga tashidan vazelin surtdim. Ozgina yod qo’shib aralashtirib tayyorlab olsa ham bo’ladi. Burun usti, ikki yoni. Peshonasi bilan qo’shib yengil massaj qildim. Yuz qismida nerv tugunlari va tochkalar bo’ladi. Qattiqroq bosib qo’yilsa yuz qiyshayishi va shish paydo bo’lishi kabi zarar yetkazishi mumkin. Shuning uchun juda ehtiyotkorlik bilan sekin va yengil harakatlar bilan 10 minut massaj qildim.
2-usul: Avvallari burnini tezda ochilishini hohlab injiqlik qilgan paytda spirt, yod va efir maslolardan hidlatganimda darrov ochilardi. Ammo bu vaqtinchalik. Ko’pincha spirt bilan yodni tengma tenglikda aralashtirib, gugurt cho’piga paxta o‘rab, burnining tepa qismiga chzib qo’yardim. Burni ochilib yaxshi uxlab qolardi.
3-usul: Ustidagi ko’rpasini nafasi uriladigan qilib burnidan 10 sm uzoqlikda qilib qo’ydim. Nafasi bilan o’zini-o’zi ingalatsiya qilishi uchun. Kunduz kunida esa maska taqib yurish mumkin. Diqqinafas bo’lishini esdan chiqarmay tez-tez maskadan holi qilib turish kerak.
4-usul: Kiyimiga “Dishi” maslasidan 2 tomchi tomizib qo’ydim. Aslo burniga tekkizish kerak emas. Allergiyasi bo’lsa qo’zib qo’yishi mumkin. Battarroq bitishi, yo’talishi, nafas qisishi, tomoq qishishishi, o’g’iz qurishi kabi allergik belgilar kuzatilmadi.
5-usul:Ertasiga xonadan chiqarmay, xona xavosini tez tez almashtirib, xonani istib, ko’proq suyuqlik ichkazish bilan band bo’ldim.
Yozda qilgan kompotlardan ochib, ilitib ichkizdim, qornini yaxshilab to’qlagandan so’ng askorbinka berdim. Qiymali go’sht qo’shib qaynatma mastava qilib ichkizdim. Qani edi bollarim hohlaganda qo’y yog’ili atala ichganda sog’ayishi yanada tezlashardi. Faqat bir marotaba. Tushlik ovqatdan oldin semiryanka – tosh olmadan 1 tadan berdim. Go’shti uzoq pishgan qaynatma bo’lmagan ovqatdan yegandan so’ng 1 ta limonnni ikkalasa choy qilib berdim. Mevalarini ham yeb oldi. Och qoringa yoki qaynatma ovqatdan so’ng limon berish yaramaydi. Ko’p berilganda esa tilini og’ritib qo’yish mumkin. So’ng to’q qoringa yana bittadan askorbinka va na’matak siropidan ichkazdim.Kechki paytgi ovqatdan keyin ham shunday.
Yotar payti tomog’i, kuragi, oyoq kaftiga yodniy setka qildim. Kechagi vazelindan so’ng burun bitishini sezmadim. Ammo shamollashi butunlay o’tib ketmagan edi.
Shunday hollarda burun bitishi tuzalmagan paytarda vrachlar protorgol yoki Farmazalin burunga tomizish uchun dorilar yozishardi. Bir marta 5 yoshli qizim 3-4 kun davomida burni hech ham ochilmaganda farmazalinni ishlatganman. Darrov ochilgan va qaytib bitmagan. Sekin asta shamollashini da'volaganmiz.
Sizga sabr va bolagizga shifo tilayman
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
8-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022