Kategoriya: Hikoyalar

Boy xonadonning quldek kelini


Mahallamizga bir oila ko'chib kelgan edi. Onasi davlat ishida soliq sohasida, otasi bank yoki texnolog edi adashmasam. Bir nafar o'g'il va 2 ta qizlari bor edi. Qizlarini turmushga bergan. Ota ko'rinishdan vazmin, ona esa talabchan ko'rinardi. Uylanadigan o'g'ilga kelsak, pul topib gurillab xech kimni pisand etmaydigonday edi. Xullas va nihoyat bola 27 -28 yoshida uylandi. Kelin juda chiroyli, o'qiydigan, istarali, muomilali edi. Ko'chaga chiqar ekan ko'rgan hoh yosh bo'sin, hoh yoshi katta supurgisini tashlab borib quchoqlab so'rashar, qo'li koksidan tushmaydigan, bir so'z bilan aytganda tarbiyila xonadan qizi edi.

Oliygohda o'qiyotgani sababmi juda shoshib va ko'pincha xorg'in yurar edi. Men shu kelinni korganda nahot hammani ko'nglini olgan kelin qaynonasini ko'ngliga yo'l topa olmasa deb o'ylardim. Qaynonani 1 oyda 1 ko'rsak katta gap, o'shanda ham dam olish kunlari to'satdan, ust-bosh sochiga qarab bo'lmas, yuz yuvilmaganday holatda ko'chaga chiqib qolsa yoki biron joyga yasanib ketayotgan b'olsa yuzaki so'rashadigan ayol edi. Vaqti bo'lib oldimizga kelib qolsa kelinlarini qo'shnilar maqtay ketsak yoqimsiramay ensa qotirar va gapni burar edi.

Xullas oradan 1 yilcha vaqt o'tdi. Kelin og'iroyoq bo'ldi. Shu orada kelinning oyog'i ham sindi. Qaynona shu singan holatda to'yga xizmatga ham olib borib keldi. To'g'risi achindim, lekin aralasha olmasdim. Qish kunlari boshlanib, kelin qattiq betob bo'ldi, kulib turib xammani mexrini qozongan insonni hamma qo'msab eslar ekan. Qish kunlari uyida erkak turib qaynona kelinga qorlarni kuratar, supirtirar edi. Hayron qolasan kishi.

Ishonasizmi, shu kelin xomilador holiga betob bo'lib, nari borsa 5 kun davolandi. Shifoxonada lekin na qaynona na kuyov bir bora bormadi. Qaynona gururlanib aytib bersa yoqa ushladim. "Men shomolaganman, o'g'lim xotinini onasidan ustin qo'ymaydi, yana ishi ko'p xozir ko'ziga xotini ko'rinmaydi" desa boladimi? 

Qornidagi bolachi? 

U ham bir insonku? 

U ham mayli kelin shifoxonadan to'liq tuzalar, tuzalmas chiqgan kun kuyov eshik tagiga olib kelib, kirvol deb tashab ketgan. Yuklari bilan o'zi kirib, o'sha ondayoq qaynona yana xovli ko'cha qorlarini supirtigan edi.

Alloh mexri tushgan kun keldi deb quvondim, farzandi dunyoga keldi. O'g'il farzand, xotinini bir bor shifoxonada eslamagan kuyov har xil qimmat mashinalar tayyorlagan,  video deysizmi, juda yaxshi chiqvolishdi. Lekin ..

Chaqaloq 1 oylik bo'lganid, kunlarning issiq paytida biroz betob bo'lgan va bu holat qaynonaga ham erga ham yoqmagan. Darhol kelindan ayb qidirar, uni xaqoratlay boshlashgan edi( ovozlari shu qadar balandki, sho'rlik kelin yig'lab turishi shundoq devordan eshitilardi )

Xozirda bu chaqaloq 3 yoshda. Lekin shu kelin va shu bemas'uliyat kuyovni, kelini qul ornida koruvchi qaynona ajrim yoqasiga olib keldi. O'z pushti kamaridan bolgan farzandini sal kam 2 yildan buyon eslamaydi, xabar olmaydi.

Reklama
Reklama