Kategoriya: Hikoyalar
Qizlarga ilm bering, suisidga chipta emas
1 xafta oldin feysbukdan bir singlimiz yozdilar. Bolalariga yordam kerak ekan. Menga qo‘ng‘iroq qilsinlar dedim. Birozdan keyin qo‘ng‘iroq bo‘ldi.
Singlimiz xayotdan to‘yib ketganidan o‘z joniga qasd qilishni o‘ylab yurgan ekan. Rossiyaga borib ishlay desa, yo‘lkirasiga puli yo‘q, bolalari xali yosh. Tashlab ketay desa qaragani odam yo‘q. Bunchalik tang ahvolni sababini so‘radim. Singlimizni oilasida 3 opa-singil va 2 ta aka-uka bo‘lgan. Ota bolaligidan qizlarga juda qattiq munosabatda bo‘lgan. "Pul topib kellaring" deb qizlarni yog‘ sotish uchun bozorga chiqargan. Maktabga ham bir borib, bir bormay, ro‘zg‘orga, kiyim-kechakka o‘zlari pul topishgan. Maktabni bitirgandan keyin, otasi qizimni uzataman deb uni na xunarga va na ilmga o‘qitadi. Qizni 24 yoshida ajrashgan yigitga uzatishadi. ZAGS yo‘q. Tabiiyki haq-huquqi ham yo‘q. Bolasi 2 ta bo‘lganda eri Rossiyaga ishlagani ketadi. Qaynona nizo chiqarib, kelinni 2 ta bolasi bilan ko‘chada xaydab, o‘g‘ilni nomidan taloqsan deb, yana bir yosh qizni kelin qilib Rossiyaga, o‘g‘lini oldiga oborib qo‘yadi. Bizni qizni ota-onasi o‘tib ketgan, ota uyiga sig‘may, xali u qarindoshinikida, xali bu qarindoshinikida sarson yashab yuradi. Oyoq suyagi yemirilib borayapti, 2 ta bolasi bilan bozorda yog‘ sotib kun ko‘radi. Bolalariga aliment undirish uchun sudga murojaat qilgan, lekin "ODIL" sud va sud'yalar bolalarni 1 nafar bola deb, 150 000 so‘m miqdorida aliment chiqarib beradi. Yashasin oliy sudimiz. Uraaa!©
Bozordan xaftasiga o‘rtacha 60 000 so‘m topsa, 150 000 so‘m aliment bir oyga. 240000+150000=390000 so‘m. Daxshat! Man bir narsani tushunmayman, erkak kishi uchun OR emasmi shunaqa summada o‘z bolalariga aliment to‘lasa?? Bolani ta'minotiga ota javobgarku.
Qizimiz biror joyda ishlay desa na diplomi bor. Yig‘lab "Opa, to‘ydim bu xayotdan. O‘lib ketgim kelayapti" deydi. Uni tinchlantirishga harakat qildim. Biror narsa o‘ylab topamiz dedim. Samarqand viloyati xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Gavxar Zayirovna Alimova raqamlarini topib qo‘ng‘iroq qildim. Soat kech 9 yarim. Opa sayyor qabulda ekanlar. (Shu yerda bir savol tug‘iladi. Ular ayol emasmi? Bola-chaqa yo‘qmi? Soat allamaxalgacha ishda. Oilalarni yarashtiraman, muammosini hal qilaman deb, ishqilib o‘zlarini oilalari tinchmikin? Nega buni raxbarlari o‘ylamaydi?)
Xullas Gavhar opa bilan bog‘landik, ularga qizimizni raqamlarini berdik. 3-4 kun o‘tib, bir xabar olay deb qizimizga telefon qildim. Uy masalasini xal qilishibdi. Dokumentasiya jarayonlari ketayotgan ekan. O‘zlarini fermaga, sut sog‘uvchi qilib ishga joylashtirishibdi. Ovozlari boshqacha.
-"Opa, baribir kollejga kirib, kasb-xunarlik bo‘laman, ishlayman, endi o‘zimni uyim bor" deyaptilar. Maniyam ko‘nglim taskin topdi. Samarqandga yo‘lim tushsa, albatta shu singlimizni ko‘rgani boramiz.
Qizlarga ilm bering!
Feysbukdan olindi
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022