Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Hayotda hamma narsa bo'ladi. Qaynona kelin o'rtasidagi mojarolar bizning ayollarga yangilik emas. Bizda ham o'zaro muammolar bo'lgan. Ammo qaynonamni yomon ko'rmayman
Hayotda hamma narsa bo'ladi. Qaynona kelin o'rtasidagi mojarolar bizning ayollarga yangilik emas. Bizda ham o'zaro muammolar bo'lgan. Ammo qaynonamni yomon ko'rmayman, ko'p narsani o'rganganman. Lekin bitta nohaqlikni hech ham kechira olmayman.
Turmushga chiqqanimda 19 yosh edim. Ko'p o'tmay homilador bo'ldim. Turmush o'rtog'im chet elga pul topish baxonasida jo'nab ketdi. O'sha paytda 8 oylik homilador edim. Erim ketgach 20 kunlarda ko'zim yoridi. Qaynona qaynotamni xizmatlarini qilib farzandimni qo'ldan kelgancha tarbiya qilib yashadim va erimni kutdim.
Bir yilda qaytaman deb ketgan erim ayrim sabablarga ko'ra kelolmadi va safari cho'zilib ketdi.
Ammo eng yomoni shu-ki, o'sha yerda bir qizga uylanib, farzandlik bo'lishga ham ulgurgan.
Buni oila a'zolari va qarindoshlari hamma bilgan, mendan boshqa. Lekin buni menga aytishmagan. Men 7 yil umrimni shu odamni kutish bilan o'tkazganman. Bir og'iz "kelin, ering uylanibdi, sen ham yo'lingni topgin"-deyishmagan. Aksincha meni qing'ir yo'lga kirishimni kutib, aybni manga to'nkab, o'g'illarini nomini oqlash uchun shuncha umrimni kutish bilan o'tkazimga sababchi bo'lishgan. Bir kuni ana o'sha gapga sabab topilgan. Bu gap juda yashin tezligida ularga yetib borib, erim telefon qilib, mani ustimdan bir tog'ora mag'zavani ag'darib, "Taloqsan, sandan kutmagandim"- dedi. Orada bo'lib o'tgan mayda gaplarni gapirib o'tirmayman.
Asosiy nohaqlik, menga nisbatan, mani aybdor qilib, erini kutolmadi deb gap chiqarishganidir.
Mani aybim nima edi,
aybim insonligimmi,
aybim yaxshi niyatlar bilan erimning xonadoniga qadam qo'yganimmi,
aybim kutganimmi,
aybim yolg'iz farzandimni katta qilganimmi yoki
aybim kelin bo'lganimmi,
erimning oilasiga qiz bo'laman deb harakat qilganimmi?
Nima aybim?
Ayolligimmi?
Xozir yoshim 40da, xayotda totmagan azobim, qiyinchiligim qolmadi. Ammo taslim bo'lmadim, olg'a yurdim, harom yurmadim, birovni oilasini buzmadim. Birovlarni eriga jazman bo'lmadim. Bularni yozishimdan maqsad meni hayotim ibrat bo'lsin, birovni bolasi ham bola, sizga mehr berdimi, ungayam xuddi shunaqa javob berilsa, yomon aqloqli ayollar, bag'ri tosh qug'irchoqlar, farzandini yedirib ichirish uchun jinoyat qiladigan ayollar kamayadi. Mehr muhabbat dunyoni qutqaradi.

Ayollar o‘zi tabiatan shikoyatchi va noshukurroq bo‘ladi. Uch to‘rttamiz yig‘ilib qolsak buni isbotlashga hojat qolmaydi. Bir kuni bir dugonam eridan shikoyat qilib qoldi
Batafsil
Baraka toping, qizim! O‘g‘limni namoz o‘qiydigan, masjidga oshiqadigan bo‘lishiga sabab bo‘ldingiz! Men 30 yilda qilolmagan ishni, 30 kunda amalga oshirdingiz
Batafsil
Kechasi ona bolalariga dars tayyorlashda yordam berishga chog‘landi. Avvalo, ularga xalaqit bermaslik uchun to‘rt yoshli o‘g‘lini nima bilandir mashg‘ul qilish maqsadida qo‘liga qalam
Batafsil
Mahallamizga bir oila ko'chib kelgan edi. Onasi davlat ishida soliq sohasida, otasi bank yoki texnolog edi adashmasam. Bir nafar o'g'il va 2 ta qizlari bor edi. Qizlarini turmushga bergan.
Batafsil
Ichimda sig'dira olmadim, yuragim yonib ketyapti, juda to'lib ketganim uchun yuragimni yozay dedim. 2 yoshimda otamdan ajrab ketganmiz. Oilada 2 dona qiz edik.
Batafsil
Har doim qaynonamo'z ukalarini faxrlanib gapiradilar. Nima emish: 'Mani ukam kelinlarini qon qaqshatadi, o'kadi, kelinlarining har bitta ishini nazorat qiladi" deb faxrlanadilar.
Batafsil