Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Kecha menga yakin bo'lib qolgan opani uchratib qoldim, salom alikdan so'ng ozgina suxbatlashib qoldik .Opa o'tgan yili sentyabr oyida ikki kizini teng turmushga uzatdilar .
Bir opaning hikoyasi ...
Kecha menga yakin bo'lib qolgan opani uchratib qoldim, salom alikdan so'ng ozgina suxbatlashib qoldik .Opa o'tgan yili sentyabr oyida ikki kizini teng turmushga uzatdilar .To'rt farzandini o'zlari boqib katta qildilar, turmush o'rtogi 9 yil oldin vafot qilgandi. Bollarni ta'minlash uchun tinimsiz ishladi va ikki boshki qizlarini uzatdilar ,eh hee ularni uzatguncha sep sidirg'asi tugamadi, el katori qo'lidan kelgancha qildi salpolarni...
Ikkala kizlari ham o'tgan oyda birin ketin jijiladilar, opani aytishlaricha katta quda hafa bo'libdi , o'g'liga qaynonang na ro'za xayitda tabrikladi , na nabira ko'rganda tabriklamadi deb. Opa xijolatda xar bayram kunlari tabriklab turish kerakmidi? Men bilimsizlik qildimmi deb ...?
Aytishicha kuyov bolasi o'zi ancha muncha salomlashib xol axvol so'rab turar ekan, bu kuyovni onasiga yoqmagan shekilli ,sen bilan qudachilik kiladi degan ekanlar, kuyov bola ham, "Onajon ikkovilar menga bir xil sizlar onamga xam tel qilib so'rashib turing"- debdi. Opa xam "mayli bir oz tortinyatgan edim" - debdida qudaga Whats updan xol axvol so'ray deb telefon qilsa quda (ayol) qo'pollik qilib, salom alikni ham chala qilib , qizingiz oldimga sindirilgan nonni qo'yadilar, choyni bir marta qo'limga uzatib ishlarimni qilib olay deb chiqib ketadilar va xokazo shunaqa mayda gaplar .... Har bayram kunlari tug'ilgan kun bormi, xayitmi barchasiga qurbim yetguncha qilyapman deydilar.
To'g'rida ikki qizga teng sep qilmoq orqasidan yana topganini yubormoq osonmi? Opa yig'lamsirab gapirdi, ikki qizga teng to'y qilib o'zimdan o'tganini o'zim bildim deb. Shu bilan xayrlashdik, uyga kelib o'ylanib qoldim. Opani ko'zlaridan oqayotgan yoshi yuragimni ezdi, shu qaynona o'g'li, qudasi orasida gap o'ynatmasdan, kelinni oldiga o'tqazib, qizim shunaqa shunaqa deb tushintirsa bo'lmasmikin.
O'ylanib aytamanda ba'zi bir insonlar shunaqangi izzat talab bo'lishadi.
Yaratganning o'zi insof bersin hammamizga.
Muallifi: Sir tutilgan

Ayollar o‘zi tabiatan shikoyatchi va noshukurroq bo‘ladi. Uch to‘rttamiz yig‘ilib qolsak buni isbotlashga hojat qolmaydi. Bir kuni bir dugonam eridan shikoyat qilib qoldi
Batafsil
Baraka toping, qizim! O‘g‘limni namoz o‘qiydigan, masjidga oshiqadigan bo‘lishiga sabab bo‘ldingiz! Men 30 yilda qilolmagan ishni, 30 kunda amalga oshirdingiz
Batafsil
Kechasi ona bolalariga dars tayyorlashda yordam berishga chog‘landi. Avvalo, ularga xalaqit bermaslik uchun to‘rt yoshli o‘g‘lini nima bilandir mashg‘ul qilish maqsadida qo‘liga qalam
Batafsil
Mahallamizga bir oila ko'chib kelgan edi. Onasi davlat ishida soliq sohasida, otasi bank yoki texnolog edi adashmasam. Bir nafar o'g'il va 2 ta qizlari bor edi. Qizlarini turmushga bergan.
Batafsil
Ichimda sig'dira olmadim, yuragim yonib ketyapti, juda to'lib ketganim uchun yuragimni yozay dedim. 2 yoshimda otamdan ajrab ketganmiz. Oilada 2 dona qiz edik.
Batafsil
Har doim qaynonamo'z ukalarini faxrlanib gapiradilar. Nima emish: 'Mani ukam kelinlarini qon qaqshatadi, o'kadi, kelinlarining har bitta ishini nazorat qiladi" deb faxrlanadilar.
Batafsil