Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Ma'lum bo'lishicha burun shakliga qarab o'sha odam haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin ekan. Inson yuzi shakllarini o'rganuvchi fiziognomika sohasining metodikasi burun shakliga qarab odam

Ma'lum bo'lishicha burun shakliga qarab o'sha odam haqida tasavvurga ega bo'lish mumkin ekan. Inson yuzi shakllarini o'rganuvchi fiziognomika sohasining metodikasi burun shakliga qarab odam xarakterini aniqlash jumbog'ining kalitini beradi. Agar Karlo Kollodi fiziognomikani o'qiganda edi hech qachon Pinokkio (Buratino)ni burnini uzun tasvirlamagan bo'lar edi. Chunki bunday shakl muallifining kim ekanligini izohlab qo'yadi. Qadimgi Xitoyliklar "Kimda kim insonning yuziga qarab xarakterini o'qiy olish bilimini o'zlashtirsa, odamlarnig qalbini egallash va taqdirini o'zgartirishi mumkin" - degan fikrni ishonch bilan olg'a surishgan.
Uzun burun

Uzun burun uning egasining jasorati, maqsadga muvofiqligi haqida gapiradi. Bunday burunli odam murakkab qarorlar qabul qilishdan tortinmaydi, analitik fikrga ega, osongina martaba narvoniga ko'tariladi.
Kalta burun

Bunday burun egasini yumshoq fe'lli bo'lgan shaxs sifatida tasvirlaydi. Lekin bu uning chiqishuvchan, quvnoq va qiziqarli bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi.
Ingichka suyakli burun

Ingichka bo'rtib chiqqan suyakli kalta burun - bu e'tiborsiz va tarqoqlikni ifodalaydi. Bunday burun egalarining hayolini bir joyga jamlanishi juda qiyin. Ingichka bo'rtgan uzun burun sohiblari esa odatda mag'rur va o'ziga baland baho beruvchilardir.
Xartumli burun

Yani suyagi xartum kabi bo'rtib chiqqan burun egalari. Bunday burun odatda sexrni anglatadi. U odamlardagi mag'rurlik, qaysarlik, keskinlik va ozgina o'ziga baland baho berishlik kabi hislatlarni ifodalaydi. Fiziognomikaga asosan xartumli burun melanholik odamlarning moyillik darajasini belgilaydi, qancha baland bo'lsa shuncha moyilligi yuqoriroq.
Uchli burun

Qisqa qilib aytganda haqiqiy mehnatsevarlar, o'z maqsadiga yetishish y'lida tinmaydiganlarni anglatadi.
Mana maqolamiz orqali burunga qarab inson harakterini bilib olish bo'yicha oz bo'lsada ma'lumotga ega bo'ldingiz. Suhbatdoshingizni burniga qarab muomalangizni boshqaring. Ammo uni o'ziga aytib qo'ymang, sizning olingizda o'zini oshkor etishga imkon qoldiring va kuzating. Keyingi maqolalarimizni ham o'qishni unutmang.

Inson bolasi dunyoga kelar ekan, u mustaqil harakatlanish, yurish, o‘qish, yozishdan boshlab tabiat va jamiyatning barcha murakkab qonunlari bilan yuzma-yuz kelganda nimalar qilish kerakligi
Batafsil

Xitoy restoranida ovqatlanib bo‘lganingizdan so‘ng idishingiz ostida munajjimlar bashoratiga ko‘zingiz tushsa, ajablanmang. Bu bashoratni tuzuvchilar uning sizga yoqishi uchun astoydil bosh q
Batafsil
Isroillik Komik artistlar Yahuda va Maya o'zlarining turmush hayoti davomidagi holatlarni komic rasmlarga tushurib borishdi. Ieguda Adi Devir - illyustrator rassom.
Batafsil
Rossiya Federatsiyasining bloggerlarni o’rganish bo’yicha agentligi Youtube dagi 2018 yilda eng ko’p daromad topgan katta bloggerlar 15 talik ro’yxatini tuzdi. Reyting tarkibida ko’rinib turi
Batafsil
Quyidagi rasmlardan birni tanlang va yaqinlaringizga yuboring. Qurbon hayitiga atalgan she'rlarni ham yaqinlaringizga tabrik sifatida yo'llang. Qurbon hayit bayrami haqida qisqacha ma'lumot
Batafsil