Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Freelanser so'zi yurtimizga yaqinda kirib kelgan bo'lib, masofadan turib ishlaydigan ishchi ekanligini ko'pchiligimiz bilsak-da, freelanserlik kasbi haqida bilmoqchi bo'lgan odamning hayoliga
Freelanser so'zi yurtimizga yaqinda kirib kelgan bo'lib, masofadan turib ishlaydigan ishchi ekanligini ko'pchiligimiz bilsak-da, freelanserlik kasbi haqida bilmoqchi bo'lgan odamning hayoliga "Freelanser o'zi nima ish qiladi?"-degan savol kelishi tabiiy.
Maqola avvalida freelanser kim ekanligi haqida tushuncha hosil qilishingiz uchun quyidagi maqola bilan tanishing: https://googol.uz/post/freelanser-kim
Freelanser aynan mana bu ishni qiladi deb ayta olmaymiz. Ayniqsa bugungi kunda bu soha kengayib, o'sib borayotgan va ko'p sohalarga kirib borayotgan ishlash usuliga aylanmoqda. Har qanday masofadan turib ishlay oladigan kasb egalari freelanser bo'la olishi mumkin. Shunday bo'lsada bugungi kunda asosan freelanserlik qilayotgan va mana shu yo'nalishdagi maxsus saytlardan pul topayotgan ishlar bilan tanishtirib o'taman.
Freelanserlarning qiladigan ishlari:
- Matn yozish (kopirayter deb ataladi);
- Matnni tahrirlash (rerayter deb ataladi);
- Tarjimonlik;
- Rasmga ishlov berish (photoshop kabi dasturlarda);
- Chizmalar chizib berish (asosan arxitektura va loyihalash sohasida);
- Veb sayt yaratish;
- Mobil dasturlar yaratish;
- Dasturlashning tarkibiga kiruvchi bir nechta kasblar (web programmist, web dizayner, frontend, bekend dasturchi, IT mutaxassis, ma'lumotlar bazasi tuzuvchisi, 3D animatorlari, kompyuter o'yinlari tuzuvchisi, SEO mutaxassisi, SMM menedjer, sayt administrori, kontent menedjeri va hokazo).
Asosan yuqoridagi ishlarga buyurtmalar ko'p uchraydi. Bundan tashqari ham turli dasturlashga oid sohalarga talab yuqori.
Agar siz mana shu ishlarni qila olsangiz freelanse birja saytlariga kirib o'zingizga to'g'ri keladigan ishni olishingiz mumkin.





Shu narsalarimni sotmoqchiydim, -iymanibgina qo‘lida to‘rt oylik chamasi chaqalog‘ini ko‘tarib olgan juvon ishlatilgan narsalar olib sotuvchi ayolga iltijoli boqdi
Batafsil
Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz...Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz.. Sitamlar keldi - bardoshingizni tarbiyaladingiz...
Batafsil