Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

Sen bu voqeani bilasanmi?- hayratlanib so‘radi o‘qituvchi.
O‘qituvchi dars chog‘ida halokatga uchragan kema haqida o‘quvchilarga so‘zlab berdi:
-Kemada er-xotin ham bor ekan. Ular qutqaruv kemasigacha suzib borishdi. Birgina joy bor ekan. Er xotinini itarib yubordi. Shunda cho‘kayotgan ayol eriga nima dedi. Qani kim aytadi...
Ko‘pchilik bir ovozdan "Sendan nafratlanaman", yoki, "Ko‘zim ko‘r bo‘lgan ekan" degan so‘zni aytgan dedi...
Shu payt o‘qituvchining ko‘zi jimgina o‘tirgan bolaga tushdi...
-Nima deb uylaysan, ayol eriga nima degan?...
-Bolamizni ehtiyot qiling - degan.
-Sen bu voqeani bilasanmi?- hayratlanib so‘radi o‘qituvchi.
-Yo‘q, meni oyim ham o‘limi oldidan dadamga shunday degan - dedi.
O‘qituvchi ko‘ziga qalqib kelgan yoshni ko‘rsatmaslik uchun chetga burildi...
Onalar qabrga kirgunga qadar faqat farzandini o‘ylar ekan.





Shu narsalarimni sotmoqchiydim, -iymanibgina qo‘lida to‘rt oylik chamasi chaqalog‘ini ko‘tarib olgan juvon ishlatilgan narsalar olib sotuvchi ayolga iltijoli boqdi
Batafsil
Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz...Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz.. Sitamlar keldi - bardoshingizni tarbiyaladingiz...
Batafsil