Maqolalar yuklanmoqda
Kontent yuklanishini kuting.
Kontent yuklanishini kuting.

E'tibor bering, bir soatda yozib olgan reklamalar ro‘yxati. Loaqal bir marta bo‘lsa ham, ta'lim -tarbiya yoki odob haqida ikki qatorgina ibratli so‘z uchratmadim
Ayrim sabablarga ko‘ra bir kun uyda qolib televizor ko‘rishga majbur bo‘ldim. O‘zi juda kam tv ko‘raman. Asosan kechki payt kinoteatr kanaliga qo‘ysam, birorta badiiy fil'm bo‘lsa ko‘raman (serialga toqat yo‘q). U kanalga qo‘ysam ham, bu kanalga olsam ham reklama berayabdi. Sal kam bir soat vaqt ajratdimda, qog‘oz-qalam olib reklamalarni yozib chiqdim.
(dorixona) Yulayzer, pikolaks, kippers, jonni, bromgeksin, pikovit, anzibel, onnem, kushibebi, nolgripp, koteks, teraflyu, siston, bioster, sekrazol, komelin, septolete plyus, festal.(oziq-ovqat) Yakobs, koka-kola, pepsi, rafaello, chokotella, shedroe leto, macho, nash sad, diva, bravo, semechka, jesko, wf, diva, shedevr, forin, to‘xtaniyoz, uzrays, kendi gold, al-baraka, krafers, kinder, kit-kat, xrustaym, lays, nutella, chempion, muza, osiyo, pikko, akbar ris, biolayf, nestle, alpen gold, domashnaya zastolya, mechta.
(maishiy) Toshken siti, akay siti, oliviya, ayvont, osiyo, dream xaus, galaksi, akfa radiator, akfa rom, artel televizor, artel xolodilnik, artel kondisioner, akfamedlayn, yusel, milo, zelyoniy chay.
Lisenziyasi olib qo‘yilgan xofiz "Istiqlol" san'at saroyida nechchi kundiram konsert beryabdikan.
E'tibor bering, bir soatda yozib olgan reklamalar ro‘yxati. Loaqal bir marta bo‘lsa ham, ta'lim -tarbiya yoki odob haqida ikki qatorgina ibratli so‘z uchratmadim.Masalan qisqagina:
"Tarbiya - barcha illatlarga qalqondir" , "Yoshlikda o‘rgangan bilim - toshga o‘yilgan bitik" yoki Ey inson fikr ayla va shukr qil.(aynidamda esimga kelgani) Eng achinarlisi va alam qiladigani ba'zi bir reklamalar bolalar tarbiyasiga 100% zid ekanligi va qayta-qayta berib borilayotgani. Sizlarni bilmadim lekin meni nazarimda shu so‘zlarni oldida reklamalar bir tiyinga qimmat.Kelajak avlodga zarari bo‘lsa borki foydasi yo‘q. Albatta bu shaxsiy fikrim. Omon bo‘linglar!
Latif Xamedov


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Batafsil

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Batafsil
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Batafsil
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Batafsil