Kategoriya: Maqolalar

"BBB" metodi bu?


"BBB" metodi bu B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.

O`quvchilar guruhlarga bo`linishadi. O`tilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh o`zaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini to`ldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar bo`yicha guruhlanadi.

Keyin har bir guruh a'zolari o`zaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan o`zini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi. Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan so`ng talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan to`liq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, o`zlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bo`lsa, uni o`qituvchi to`ldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.

Masalan:

1-sinf O`qish darsida «Alisher bilan bulbul» matniga tuzilgan jadval:

 


Bilaman

Bilishni xohlayman

Bildim

Alisher Navoiy buyuk bobokalonimiz. U yoshligida juda

ziyrak, ilmga qiziqqan bola bo`lgan. Shahrimiz uning nomiga

quyilgan. U shoir va yozuvchi bo`lgan


1.U qayerda tug`ilgan? 2. Nimaga hikoya «Alisher bilan bulbul» deb nomlangan?

 

3. Alisher

bulbul bilan gaplashadimi? Nima haqida?

4. Nima uchun Navoiy

taxallusi qo`yilgan.


1. U 1441 yil 9 fevralda Hirot shahrida tug`ilgan.

 

2. U bir kuni boqqa chiqib, she'r o`q iy boshlaganidauning ovoziga bulbul mahliyo bo`lib qoladi va kelib uning yelkasiga qo`nadi.

3. «Ey xushovoz shoir, buncha ovozing bulbulning ovozidan ham yoqimli, isming nima deydi». «Men Alisherman», deydi u.

4. Sen endi o`zingga taxallus top, deydi bulbul.

Bulbulning «navo» degan so`zi Alisherga yoqib, o` o`ziga «Navoiy» taxallusini tanlaydi.

 

B-B-B chizmasi

 


Bilamiz?

Bilishni

xohlaymiz?


Bildim

Manbaa: azkurs.org Tabiiy fanlar fakulteti

Reklama
Reklama