Kategoriya: Sinf soati

Qomusimiz-baxtimiz! Sinf soati dars ishlanmasi


Sana:                                     13-mavzu: Qomusimiz-baxtimiz !

(8-dekabr –Konstitutsiya kuni munosabati bilan)

I.Kirish:Tarbiyaviy mashg`ulotning  maqsadi:O`quvchilarda Konstitutsiya haqida tushuncha hosil qilish.O`quvchilarni og`zaki nutqini, fikrlash qobilyatini rivojlantirish.O`quvchilarni o`z haq-huquqini bilishga undash.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayoti davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallaydi

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi

Kun shiori: Qonunimiz- qomusimiz

Tarbiyaviy mashg`ulotning  jihozi:DVD,disk,plakatlar : mavzuga oid rasmlar, davlatimiz ramzlari, Konsitutsiya kitobi

Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi:Tashkiliy qism:O`quvchilarning   darsga  tayyorgarligi, navbatchi  axboroti.O`quvchilarni guruhlarga ajratish

II.Asosiy qism:Madhiya kuylanadi.O`qituvchi.

      -Bugungi mashg`ulotimizda 8-dekabr Konstitutsiya kuni haqida suhbatlashamiz.

Sizda Konstustutsiya nima?-degan savol tug`ilishi mumkin. Har bir mamlakatda bir muhim kitob bor.

Bu kitobni Konstitutsiya deb ataydilalar.Konstitutsiya davlatimizning asosiy qonunidir.Har bir mamlakatning o`zining qonun-qoidalari bo`ladi.Ularga o`qituvchi,o`quvchi,ishchi yoki nafaqaxo`r bo`lishidan qat`iy nazar barcha bo`ysunishi lozim.Bu qoidalar qonunlar deb ataladi.Qonunlar davlat tomonidan o`rnatiladi.Konstitutsiyada xalqimizning huquq va burchlari belgilab qo`ilgan.Masalan:biz dam olish,o`qish,mehnat qilish,bepul bilim olish,bepul tibbiy xizmatdan foydalanish kabi huquqlarga ham egamiz.Maktab mulkini,sinfdagi jihozlar:stol,stul,parta,eshik,derazalarni asrab-avaylashimiz ham burchimiz hisoblanadi.Biz o`quv qurollarini,kitoblarni toza tutib,varaqlarini yirtmasligimiz kerak.Bu ham biz rioya qilishimiz lozim bo`lgan qoidalarga kiradi.

III.Yakuniy qism:O`quvchilar moddalarni qanday o`zlashtirganliklarini bilish uchun “Rasmlarni o`z o`rniga qo`y” o`yini o`tkaziladi.


Demak, bolajonlar har biringiz o`z haq-huquqlaringizni yaxshi bilib olishingiz, Konstitutsiyamizda berilgan qonunlarni hurmat qilishingiz lozim. Shu bilan Konstitsiya kuniga bag`ishlangan tarbiyaviy mashg`ulotimiz yakuniga yetdi.

Dars so’ngida o’quvchilarni rag’batlantirish


To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama