Kategoriya: Sinf soati
4-oktyabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni
Sana:
6-mavzu: 4-oktyabr butun jahon xayvonlarni himoya qilish kuni
I.Kirish:
Tarbiyaviy mashg`ulotning maqsadi: O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 55 – moddalari, bu borada yurtimizda olib borilayotgan ishlar asosida mavzuni tushuntirish
O`quvchlarda ekologik bilim va ko`nikmalarni shakllantirish.
Tabiatni asrashga oid huquqiy ongini o`stirish
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.
Kun shiori:Biz hayvonlarni yaxshi ko’ramiz !
Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi: rangli rasmlar,tarqatma materiallar.
Tarbiyaviy mashg`ulotning borishi
Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligi.
Tezkor savollarga tezkor javoblar asosida
1.Yeb to`ymas hasharot? (Chigirtka)
2.Asalxo`r hayvon? (Ayiq)
3.Eng mo`tabar zot? (Ona)
4.Dunyoda eng go`zal qo`shiq? (Alla)
5.Mehnatsevar hasharot? (Chumoli)
6.”Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch”asari muallifi? (I.Karimov)
7.Poytaxtimiz nomi? (Toshkent)
8.Yomg`ir yog`ib turganda qarg`a qanday daraxtga qo`nadi? (Ho`l daraxtga)
9.Aziz ne`mat? ( Non)
10.Bilimlar koni? ( Kitob)
O`quvchilar tuzib kelgan hikoyalarini o`qib berishadi,chizgan rasmlari orqali izohlashadi.
O`qituvchi o`quvchilar fikrini umumlashtiradi,xulosalaydi.
II .Asosiy qism:
- Matn ustida ishlash
- O`qituvchi:Ona tabiatdan oqilona foydalanish deganda nimani tushunasiz?
- (…)
- O`zbekiston Respublikamiz mustaqillikka erishishi bilanoq o`zining bir qator qonunlari,eng avvalo,Asosiy qonuni-Konstitutsiyada atrof-muhitni toza saqlash va uni muhofaza qilishga e`tibor berildi.Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida 50,55 moddalar qabul qilingan.
- Ushbu moddalar o`quvchilarga yodlatiladi,mazmuni tushuntiriladi.
- “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishga majburdirlar”.
- O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50-moddasi.
“Фуқаролар атроф, табиий муҳитга эҳтиёткорона муносабатда бўлишга мажбурдирлар”
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi.
“Yer,yer osti boyliklari,suv,o`simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”
MEN - TABIATNI QANDAY ASRASHIM MUMKIN?
Tabiatning chiroyiga chiroy,boyligiga boylik qo`shish uchun o`simlik va hayvonot dunyosini ko`paytirish noyob tabiat go`shalari va yodgorliklarni saqlash, sayyoramiz zarar ko`rayotgan joylarni tiklash va boshqa tabiatni muhofaza qilish ishlarida har bir o`quvchi faol ishtirok etishi kerak.
Tevarak-atrofimizdagi tabiat Ona-zaminimizning bir bo`lagidir.Shu tuproq,shu borliqni ko`z qorachig`imizdek ardoqlashimiz,unga Vatanimizni sevgandek oqilona munosabatda bo`lishimizn kerak.
Insonlar hovli,ko`cha va bog`larni supurib-sidirib ozoda saqlasalar,ulardan chiqqan xazonlarni yoqmasalar,chiqindilarni daryo va kanallardan oqib kelayotgan suvlarga tashlamasalar,hayotbaxsh ne`mat suvni isrof etmasalar,o`simlig- u hayvonlarga g`amxo`r bo`lib parvarish qilsalar ona tabiat ham ularga muruvvat ko`rsatadi.
“Ween” diagrammasi asosida ishlash
1 – tabiatni asrash
2 – tabiatdan noqonuniy foydalanish
3 – xulosa.
III.Yakuniy qism:
O`qituvchi:
Ko`pchilik mamlakatlarning olimlari sayyoramizning kelajakdagi rivojlanishining birdan-bir yo`li tabiat bilan insonlarning o`zaro hamjihatligini ta`minlovchi barqaror rivojlanish deb hisoblaydilar. Hozirgi vaqtda juda ko`p mamlakatlar ichimlik suvi tanqisligiga uchragan.Keling sizlar bilan go`yoki kuchli,bilimdon olimlar singari kelajakka nazar tashlab mana bu jadvalni to`ldirishga va uni izohlashga harakat qilamiz.O`quvchilar fikri jadvalga qaratiladi.Savollar mazmuni tushuntiriladi.O`quvchilarning javoblari (+) ishorasi yordamida belgilab boriladi.
-Darsda nimalarni bilib oldingiz?
-Tabiatni qanday asrash mumkin ekan?
Dars yakunida o’quvchilarni rag`batlantiriladi.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022