Kategoriya: Ish rejalar

1 sinf ish rejasi


DARS – MUQADDAS

Ta'lim-tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o´sib kelayotgan yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko´nikma va malakalarni o`zlashtirgan hamda jamiyatda o`z munosib o`rnini egallashga qodir bo`lgan - komillikka intiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazishdir. Bugun har bir o`qituvchi o`ziga ishonib topshirilgan har bir soat darsni muqaddas deb bilishi va unga zarracha xiyonat qilib bo`lmasligini his etishi lozim. Ana shu maqsadda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilib, ta'lim jarayoniga tatbiq etilayotgan "Dars - muqaddas" deb nomlangan, umumta'lim maktablarida o`quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishda o`qituvchilarga yordam beradigan tavsiyalar majmui e'tiboringizga havola etilmoqda. O`ylaymizki, ushbu tavsiyalarga fidoyi o`qituvchilarimiz ijodkorlik bilan yondashgan holda, ularni o`zlarining yangidan-yangi tajribalari bilan boyitadi.

"DARS - MUQADDAS" TADBIRINI AMALGA OSHIRISH:

O`qituvchining darsga puxta tayyorgarligi ta'lim muvaffaqiyati va samarasi garovidir.

Dars bu, sinfda taqvim-mavzu reja asosida belgilangan vaqt davomida o`qituvchi tomonidan o`quvchilar uchun o`quv-tarbiya jarayonining maqsadli tashkil etilishidir.

Shunday ekan, har bir o`qituvchi darsga sifatli va puxta tayyorlanmasdan kirishni insoniylikka, pok vijdonga xiyonat ekanligini va ish haqini halollab olish lozimligini his qilishi kerak. Chunki, har bir fan o`qituvchisi faoliyati asosini sifatli dars o`tish, o`quvchilarga yaxshi ta'lim-tarbiya berish tashkil etadi.O`qituvchining darsga tayyorgarligi shartli ravishda quyidagi ikki bosqichdan iborat:

1. O`qituvchining o`z fani yuzasidan umumiy tayyorgarligi.2. O`qituvchining har bir darsga kundalik tayyorgarligi.

O`qituvchining umumiy tayyorgarligi muntazam amalga oshirib boriladigan jarayon bo`lib, o`quv yili boshlanishi oldidan quyidagilarni qamrab oladi:- Davlat ta'lim standarti (DTS), o`quv dasturi, o`quv reja hamda ularga berilgan tushuntirish xatlarini o`rganib chiqish;- O`zi dars beradigan o`quv faniga oid yangi ilmiy va metodik adabiyotlarning  mazmuni bilan tanishish;- tegishli  ko`rgazma materiallarni, o`quv-jihozlarini o`rganish, ularni qo`llay bilish;- ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, tahlil qilish orqali o`z bilimini kengaytirish;  -kompyuter texnikasidan foydalanish ko`nikmasini shakllantirib, bu boradagi mahoratini oshirish, elektron darsliklar, matn muharrirlari, "ZiyoNet" axborot ta'lim portaliga joylangan ma'lumotlardan samarali foydalanish kabilardir.

O`qituvchining darsga kundalik tayyorgarligi eng asosiy vazifalardandir. Darsga tayyorgarlik ko`rish quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

1-bosqich: Taqvim-mavzu rejadagi yangi mavzu va unga ajratilgan vaqt (soat) aniqlashtirib olinadi.

2-bosqich: DTS va o`quv dasturidan o`tilayotgan mavzu yuzasidan o`quvchida qanday tushunchalar (bilim, ko`nikma va malakalar) shakllantirilishi lozimligi aniqlashtirilib, shu asosida dars maqsadlari belgilab olinadi.

3-bosqich: Mavzu asosida darsda foydalaniladigan texnik vositalar, elektron manbalar, slaydlar, ko`rgazmali va didaktik materiallar, adabiyotlar o`rganib chiqiladi hamda dars ishlanmasi (konspekti) yoziladi.


1-§. Ona tili fani

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) 

ona tili fanini o‘qitish bosqichlari

Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Darajanomlanishi

Umumiy o‘rta ta’lim

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich 4-sinf bitiruvchilari

A1

Ona tili fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili fani chuqur o‘rganiladigan sinflar va ixtisoslashtirilgan maktablarning 4-sinf bitiruvchilari

A1+

Ona tili fanini o‘rganishning kuchaytirilgan boshlang‘ich darajasi

Ona tili fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi — o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan — muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.

Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida Ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kompetensiyani rivojlantirish;

o‘quvchilarda grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish;

ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda to‘g‘ri va ravon bayon eta olishni rivojlantirishga qaratilgan lingvistik kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.

Ona tili fani bo‘yicha umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari (barcha ta’lim olish tillari bo‘yicha) bitiruvchilariga qo‘yilgan malaka talablari

1. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):

A1

Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;

matnni tushunib o‘qiy oladi;

og‘zaki nutqda so‘z va gaplar talaffuziga rioya qila oladi; 

65 — 70 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 

xabar, tasvir asosida 5-6 gapdan iborat matn yarata oladi, xatboshi va husnixatga amal qiladi; imlo va tinish belgilarini ishlatish qoidalariga amal qila oladi;

do‘sti, ota-onasi, ustoziga tabriknoma yoki xat yoza oladi. 

A1+

sodda matnning asosiy mazmunini tushunadi va tushuntira oladi; 

matn mazmunini tushunib ifodali o‘qiy oladi; 

70 — 75 so‘zdan iborat diktantni yoza oladi; 

7-8 gapdan iborat xabar yoki rasm asosida matn tuza oladi.

1. Lingvistik kompetensiya (fonetika, grafika, orfoepiya, orfografiya, leksika, grammatika va uslubiyatga oid):

A1

ona tilidagi nutq tovushlarini farqlay oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidalariga amal qila oladi;

mavzuga oid yangi so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;

yozma nutqda tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

A1+so‘zlarning tovush tarkibini orfoepik jihatdan to‘g‘ri shakllantira oladi;

gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini farqlay oladi va yozma nutqda o‘rinli qo‘llay oladi. 


  1. 1-sinf ona tili fanidan dts talablari

    https://googol.uz/post/1-sinf-ona-tili-fanidan-dts-talablari
  2. 1-sinf o'qish fanidan dts talablari

    https://googol.uz/post/1-sinf-oqish-fanidan-dts-talablari
  3. 1-sinf matematika fanidan dts talablari

    https://googol.uz/post/1-sinf-matematika-fanidan-dts-talablari
  4. 1-sinf tabiatshunoslik fanidan dts talablari

    https://googol.uz/post/1-sinf-tabiatshunoslik-fanidan-dts-talablari
  5. 1 -sinf “ALIFBE” fanidan namunaviy yillik taqvim-mavzuiy rejasi

    https://googol.uz/post/1-sinf-alifbe-fanidan-namunaviy-yillik-taqvim-mavzuiy-rejasi
  6. 1-sinf “Yozuv daftari” fanidan namunaviy yillik taqvim-mavzuiy rejasi

    https://googol.uz/post/1-sinf-yozuv-daftari-fanidan-namunaviy-yillik-taqvim-mavzuiy-rejasi




To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama