Kategoriya: Ish rejalar
1-sinf tabiatshunoslik fanidan dts talablari
1-SINF TABIATSHUNOSLIK FANIDAN DTS TALABLARI
UQTIRISH XATI
Tabiiyot va geografiya fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan geografiyaning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.
Tabiiyot va geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish;
geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, aholisi va uning xo’jaligi, jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;
o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.
Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning ikkinchi davri – umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari bo‘lib, geografiya kurslarida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari geografiya ta’limida takrorlanmasligi e’tiborga olingan.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiyot va geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi.
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda bayon eta olish, darslik, o‘quv atlasi ma’lumotlardan samarali foydalana olish, guruhlar bilan ishlaganda muomala madaniyatiga amal qilish.
A1+
manbalardan foydalanib, mavzu bo‘yicha yozma matn tuza olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
kompyuter, televizor va boshqa manbalardan mavzuga doir zarur ma’lumotlarni izlab topish, ulardan samarali foydalana olish va mediamadaniyatga rioya qilish.
A1+
media vositalardan foydalanib, mavzuga doir didaktik topshiriqlarni bajara oish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
fanto‘garagida, uyda rasmli kitoblar, jurnallardan foydalanib, mustaqil ishlay olish, sportning yoshiga mos turi bilan shug‘ullana olish, o‘zini tuta olish, o‘zining xatosini tushuna olish.
A1+
manbalardanfoydalanib, tabiat hodisalariga doir referat tayyorlay olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
farzandlik va o‘quvchilik burchini biladi, unga rioya qilish, maktabda, sinfdagi jihozlar, o‘quv qurollarini asrab-avaylash.
A1+
tabiiy hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his qilish, sinfda, maktabda, oilada, mahallada o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalarini, dam olish maskanlarini asrab avaylash va ularning qadriga yetish.
A1+
o‘zi yashaydigan joyning maftunkor tabiati, tarixiy obidalariga doir albomlar tayyorlay olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
xarita, globus bilan ishlashda hisoblashning qulay usullarini qo‘llay olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik faoliyatda zarur bo‘lgan dastlabki rejalarni tuza olish, uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga amal qilish.
A1+
uyda, maktabda suvni isrof qilmaslik va uni tejab ishlatishga doir amaliy topshiriqlarni bajara olish.
Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi.
Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi.
Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi.
Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 1-4-sinflarida yil oxirida keltirildi. O‘quv dasturida nazorat ishlari ham berildi. Mazkur nazorat ishlari mavzular kesimida joylashtirilgan.
Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:
I.TK-tayanch kompetensiyalar
TK1-kommunikativ kompetensiya;
TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi;
TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi;
TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi;
TK5-milliy va umummadaniykompetensiya;
TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi.
II. FK-fanga oid kompetensiyalar
FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;
FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi;
FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi;
FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022