Kategoriya: Ish rejalar
1-sinf ona tili fanidan dts talablari
1-SINF ONA TILI FANIDAN DTS TALABLARI
TUSHUNTIRISH XATI
Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinflarida ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi, so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi, so‘zlarning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik – semantik guruhi haqidagi, o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv qoidalari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilimlar tashkil etadi. Shuningdek, boshlang’ich sinflardayoq o’quvchilarni Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (inglizcha –Organisation for Economic Cooperation and Development (OECD)) Xalqaro o’quvchilarni baholash dasturi (inglizcha –Programme for International Student Assessment, PISA) hamda ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro uyushmasi tomonidan tashkil qilingan (IEA) maktab matematika va tabiiy fanlar ta’lim sifatining Xalqaro monitoringi (инглизча – Trends in Mathematics and Science Study, TIMSS) doirasida savodxonligini rivojlantirishda mazkur fan muhim ahamiyatga ega.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida (1-4-sinf) ona tili fanini o‘qitishning asosiy maqsadi – o‘z fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar fikrini anglaydigan, muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirishdan iborat.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili fanini o‘qitishning asosiy vazifasi: o‘quvchi shaxsini fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda savodli bayon qila olishga qaratilgan nutqiy rivojlantirish; o‘quvchilarda grammatikaga oid bilimlarni (fonetika, leksikologiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublariga oid tushunchalarni) shakllantirish va rivojlantirish hamda ona tilining keng imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda fikrini to‘g‘ri va ravon bayon eta olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Boshlang‘ich ta’limda – o‘quvchilarning savodxonligini ta’minlash, ularni og‘zaki va yozma nutqida adabiy nutq me’yorlariga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat. Mazkur ona tili o‘quv dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
1. Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish.
2. Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.
Savodga o‘rgatish davri 2-sentabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni, ya’ni ikki o‘quv choragini qamrab oladi. Savodga o‘rgatish jarayoni tayyorgarlik va alifbe davridan tashkil topadi. Tayyorgarlik va alifbe davrida ta’lim savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib (analitik-sintetik) tovush usulida amalga oshiriladi. Savodga o‘rgatishning tahlil-tarkib usuliga ko‘ra matndan gap, gapdan so‘z, so‘zdan bo‘g‘in va tovush, yoki aksincha, tovush >bo‘g‘in >so‘z >gap >matn uzviy aloqada butundan bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil-tarkib qilinadi. Bu esa o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida rivojlantirish imkoniyatini vujudga keltiradi. Boshlang‘ich ta’limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga boyitishga alohida e’tibor qaratiladi.
Ona tili erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda bayon qila olish, kishilar bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Husnixatga o‘rgatish. Husnixatga o‘rgatishning vazifasi harf, so‘z, gap va matnni to‘g‘ri va chiroyli yozishni takomillashtirishdir. Yozuvni o‘rganish jarayonida o‘quvchi tovushning shakli bo‘lgan harfni, so‘z va gapni kitobdan va doskadan to‘g‘ri, husnixat qoidalariga rioya qilib ko‘chirib yozish, yozganlarini tekshira olish va yo‘l qo‘ygan grafik kamchilik hamda xatolarini o‘qituvchi rahbarligida o‘zi tuzata olishi kerak. Bu davrda eshitib yozish ko‘nikmalari ham rivojlantirib boriladi.
1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi.
Eslatma: Mazkur o‘quv dastur 1-3-sinflar uchun 2019-2020-o‘quv yilidan,1- 4-sinflar uchun 2020-2021-o‘quv yilidan, 1-2-sinflar uchun 2021-2022-o‘quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.
SAVODGA O‘RGATISH VA NUTQ O‘STIRISH (128 soat)
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
Darsning muayyan vaqtoralig‘ida davom etishini biladi;
darslik bilan ishlay oladi;
og‘zaki va yozma nutq haqida tushunchaga ega bo`ladi;
so‘z va bo‘g‘in haqida tushunchaga ega bo`ladi;
gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi, unli va undosh tovush haqidatushunchaga ega bo`ladi;
gap haqida tushunchaga ega bo`ladi;
o‘rganilayotgan mavzuni, kerakli qoidani, mashqni topadi, mashq topshiriqlarini tartibi bilan bajarib o‘quv fanlarini o‘rganadi va bir-biridan farqlaydi;
mustaqil ma’noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan tuzilgan so‘zni topadi va namuna asosida so‘zlar tuzadi;
rasm mazmunini anglab, rasm mazmuni asosidamantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuza oladi;
I bo‘lim. TAYYORGARLIK DAVRI (8 soat)
O‘quv predmeti mazmuni asosida tashkil etiladigan dars haqidagi amaliy ko‘nikma; darsning muayyan vaqt oralig‘ida davom etishi; rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka ega bo‘lgan matn tuzish; darslik bilan ishlash; og‘zaki va yozma nutq haqida tushuncha; gap haqida tushuncha; so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; gap, so‘z, bo‘g‘in va tovush uzviyligi;unli va undosh tovush haqidatushuncha; maktab partasida to‘g‘ri o‘tirish; darslikdan foydalanishgaoid ilk o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish.
2. Tayyorgarlik davrida yozuv darslari - 4 soat.
Yozuv darslari o‘qish darslari bilan uzviy bog‘langan holda olib boriladi. Tayyorgarlik davri yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftaridan to‘g‘ri foydalanish, yozuv daftari bilan o‘quvchi oralig‘ida muayyan masofani saqlash; yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish; parta ustiga daftarni to‘g‘ri qo‘yish; yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish; yozuv elementlarini to‘g‘ri idrok etish (qayerdan boshlash, qayerda to‘xtalish, o‘ngga, chapga burilish, yoza boshlash va h.k.)
II bo‘lim. ALIFBE DAVRI (120 soat)
1. O‘qishga o‘rgatish - 60 soat
Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuzidagi farqlanish haqida ma’lumot berish; harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish; kesma harf va bo‘g‘inlar asosida so‘z hosil qilish, tuzilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish; so‘zlarni avval bo‘g‘inlab, so‘ngra bo‘g‘inlab ravon o‘qishga o‘rgatish; tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‘qishga o‘rgatish; o‘qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish.
2. Yozuvga o‘rgatish - 60 soat
Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish; o‘quvchida yozuv sifatini, ya’ni: harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish;harflarni belgilangan qiyalikda yozish; har bir qatorda harflarning birxil balandlikda bo‘lishiga erishish; harf unsurlari, harflar va so‘zlarorasidagi masofalarni bir xilda saqlash kabilarni shakllantirish; har bir harf yoki harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskagatushuntirish orqali, qo‘lni qayerga qo‘yish, qayerda bu harakatniburish yoki uzish kerakligi, harflarning yozuv chizig‘i bo‘ylabjoylashishi haqida nazariy va amaliy tushuncha va malakalarnirivojlantirish; bir va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan talaffuzi vayozilishi bir xil so‘zlarni, 2-3 so‘zdan tuzilgan gaplarni eshitib yozish; so‘z va gapni to‘g‘ri yozish;eshituv va ko‘ruv xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozish.
ONA TILI
1-SINF
fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish (68 soat)
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
Tovush va harfni farqlay oladi;
harflarni to‘g‘ri yoza oladi;
tinish belgilarini o‘rinli qo‘llay oladi;
so‘zlar orasidagi oraliqni to‘g‘ri belgilay oladi;
so‘z ma’nolarini farqlay oladi va ularga so‘roq bera oladi;
15-20 so‘zdan iborat diktant yozadi;
matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozadi;
o‘rganilgan bilimlar doirasida imlo xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qiladi;
2-3 gapdan iborat sodda matn yarata oladi;
o‘zbek tilidagi 30 ta tovush, 29 ta harf va 3 ta harf birikmasi borligini biladi.
ruxsat so‘rash, iltimos, minnatdorchilik kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalarini biladi.
I bo‘lim. TOVUSHLAR VA HARFLAR ( 28 soat)
Kirish.Ona tili darsligi “Fonetika, grammatika, to‘g‘ri yozuv va nutq o‘stirish” asosida tuzilgan bo‘lib,fonetika, grammatika, imlodan boshlang‘ich bilim beriladi.
Tovush va harflar.So‘zlarning tovushlardan tuzilishi. Tovushlarning so‘z ma’nosini farqlashi. Tovushlarning o‘rin almashishi bilan yangi so‘zlar hosil bo‘lishi.Unli tovushlar va harflar.ava o,iva u, ova o‘unlilarning talaffuzi va imlosi. Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 1 soat).
Undosh tovushlar va ularni ifodalovchi harflar. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi ( d-t , b-p, z-s undoshlarining talaffuzi va imlosi), so‘z oxirida, talaffuzda tushib qoladigan d, t undoshlari. X va h undosh tovushining talaffuzi va imlosi. Jharfining ikki xil tovushni ifodalashi va ularning talaffuzi, imlosi J harfining j (portlovchi) va j (sirg‘aluvchi) tovushni ifodalashi. Q va g‘ tovushlari, ularning harfiy ifodasi, so‘z oxirida kelganda q tovushining g‘ tarzida, so‘z o‘rtasida kelganda x tarzida (maqsad-maxsad) talaffuz qilinishi va imlosi. Harf birikmalari: sh,ch, ng. Aytilishi va yozilishida farqlanuvchi undoshlarga jufti bor b-p, d-t, z-s, j- sh, j-ch, v-f, g‘-x kabi undoshlar kirishi, ularning talaffuzi va imlosi. Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 1 soat).
Tutuq belgisi (’), uni so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan oldingi unlining cho‘ziq aytilishiga, oldingi bo‘g‘inni keyingi bo‘g‘indan ajratib talaffuz qilinishiga xizmat qilishi.
Alifbo: Harflarning nomi. Harflarning bosh va kichik shakllari. So‘zlarni alifbo tartibidayozish. Alifboning amaliy ahamiyati. Tovush va harflarga doir tahlil.
Bo‘g‘in. So‘zlarni bo‘g‘inga bo‘lish. Bo‘g‘in ko‘chirilishi, bir unlidan iborat bo‘g‘inli so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi, tutuq belgili so‘zlarni, ketma – ket kelgan bir xil undoshli so‘zlarni bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirish. Harf birikmasi (sh,ch , ng)qatnashgan so‘zlarning bir yo‘ldan ikkinchi yo‘lga ko‘chirilishi. Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 1 soat).
II bo‘lim. SO‘Z ( 23 soat )
So‘z ma’nosi.So‘z, so‘zlarning ma’nolariga ko‘ra farqlanishi, so‘roqlari asosida so‘z ma’nolarini farqlash, guruhlash. So‘zlarning kim?, nima?, nima qildi?, qanday?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi.
Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlar.Ularning so‘roqlariga ko‘ra farqlanishi. Kim?, nima? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs va narsaning nomini bildirgan so‘zlarni kim?, kimlar?, nima?, nimalar? so‘roqlariga javob bo‘lishi, ism va familiyalarning, respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryo nomlari, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, ularning ning bosh harf bilan yozilishi.
Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 1 soat).
Shaxs va narsaning harakatini bildirgan so‘zlar.Ularning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga javob bo‘lishi va imlosi. Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Shaxs-narsaning belgisini bildirgan so‘zlarning qanday?, qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘lishi, ma’nosi, gapdagi vazifasi. Shaxs va narsaning miqdorini, tartibini bildirgan so‘zlarning necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lishi. Miqdorni va tartibni bildirgan so‘zlarni so‘roqlari va ma’nosiga ko‘ra farqlash. Darslikda berilgan lug‘atdan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.
Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 1 soat).
III bo‘lim. NUTQ VA GAP (12 soat)
Nutq, nutqning og‘zaki va yozma shakllari. Og‘zaki nutqning tovushlarga asoslangan bo‘lishi. Yozma nutqning harfiy ifodalar bilan shakllantirilishi. Nutq va matnning gaplardan tuzilishi, gaplarning mazmun jihatdan aloqador bo‘lishi.
Gap. Gapning so‘zlardan tuzilishi, uning bosh harf bilan yozilishi va gapning oxiriga nuqta, so‘roq, undov belgilarining qo‘yilishi; gapning kim yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash. Rasmlarga qarab gap tuzish va yozish; savol-javob gaplar; savol-javob tuzilishidagi matnlarning yozilishi; nutq odobi.
Nazorat ishi (Tekshiruv diktanti - 2 soat).
IV bo‘lim. O‘QUV YILI OXIRIDA O‘TILGANLARNI TAKRORLASH(4 soat)
O‘quv yili oxirida o‘tilganlarni takrorlash (3 soat).
So‘z ma’nosi. Gap, unli va undosh tovushlar, shaxs, narsa, harakat, belgi, miqdor va tartibni bildirgan so‘zlar, mustahkamlovchi mashqlar.
Nazorat ishi (1 soat).
To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling
Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
5-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022