Kategoriya: Ish rejalar

1-sinf matematika fanidan dts talablari


1- SINF  MATEMATIKA   FANIDAN  DTS  TALABLARI

UQTIRISH XATI

Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.

Boshlang‘ich ta’limning Matematika fani o‘quv dasturi o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan Davlat ta’lim standarti talablaridan kelib chiqib tuzildi.

Boshlang‘ich ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:

o‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;

jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;

milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.

Boshlang‘ich ta’limda matematika faninio‘qitishning asosiy vazifalari:

o‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;

inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;

o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;

fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.

Amaliy-tajriba va sinov mashqlarida matematika darslarda kundalik faoliyatda shaxsiy, oilaviy va iqtisodiy vaziyatlarga, jumladan, tejamkorlikka, mehnatni yengillashtirishga va unumdorligini oshirishga, savdo-sotiq bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechilishi lozim.

Ushbu o‘quv dasturida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida shakllantiriladigan tayanch va fanga oid kompetensiyalar kiritilgan.

Shuningdek, me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi:

TK - tayanch kompetensiyalar

TK1 - kommunikativ kompetensiya

TK2 - axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

TK3 - o‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi

TK4 - ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

TK5 - milliy va umummadaniy kompetensiya

TK6 - matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi

 FK - fanga oid kompetensiyalar

FK1 - matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya

FK2- kognetiv kompetensiya

 

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari:

Kommunikativ kompetensiya:

A1

matematikaga oid atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish;

so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish;

fikrni mantiqiy izchillikda ifodalay olish;

matematik matn ma’nosini qayta so‘zlab bera olish;

matematik qoidalarni yoddan ayta olish.

matematikaga oidaudiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, tegishli munosabat bildira olish.

A1+

matematikaga oidaudiomatn, videotasvirlarni tinglab tushuna olish, mazmunini aytib bera olish.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:

A1

tavsiya etilgan media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish;

diagrammalar, jadvallar, chizmalar ko‘rinishida berilgan statistik ma’lumotlarga asoslanib, turli obyekt va hodisalarni taqqoslay olish.

uchta sonning o‘rta arifmetigini topa olish.

axborotlarni statistik ma’lumotlar ko‘rinishlarning bir turidan boshqa ko‘rinishga o‘tkaza olish.

A1+

media manbalardan axborotni izlab topa olish, zarur bo‘lsa uni boshqa ko‘rinishlarga (matn, jadval, sxema va h.k.) o‘tkaza olish.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:

A1

o‘quvmasalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish, qismlarga ajratish;

masala yechimiga yaqinlashish darajasini baholay olish va zarur hollarda o‘z faoliyatini to‘g‘rilay olish;

sodda kundalik vaziyatlarda mavjud bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish;

o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtirish;

yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish, ularni tuzatish hamda olingan natijalarni boshqalar foydalanishi uchun oson ko‘rinishda taqdim etish;

 

A1+

masala yechish  orqali real dunyodagi vaziyatlarga nisbatan o‘zining ijobiy estetik-emotsional munosabatini shakllantirish.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:

A1

atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qilish va guruhda ishlash;

muammo va tushunmovchiliklar ro‘y bergan paytlarda o‘zini tutishi to‘g‘risida to‘g‘ri qaror qabul qilish.

A1+

matematik qobiliyatini har bir insonning kundalik hayotda uchraydigan muammolarni hal qilish uchun ishlatish.

Milliy va umuminsoniy kompetensiya:

A1

zaminimizda yashab o‘tgan buyuk allomalarimizning matematikaga qo‘sh gan hissalarini tasvirlab berish;

milliy bayramlarimizga oid sana va vaqtlarni bilish, ularni kundalik hayotda qo‘llash;

jamoat joylaridagi odob-axloq qoidalari va an’analarni o‘zlashtirish.

A1+

elementar hodisalarni matematik tilda ifodalash usullaridan foydalanishva bu usullar samarali ekanligini tushunish.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:

A1

aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarni tuzish;

murakkab bo‘lmagan hisoblashlarda hisoblash vositalardan va tayyor kompyuter dasturlardan foydalanish.

A1+

kundalik hayotda sodda iqtisodiy va amaliy masalalarni yechish.

Mazkur dasturda fanni chuqurlashtirilib o‘qitiladigan 2-3-4-sinflar uchun mavzularga ajratilgan soatlar alohida ko‘rsatilgan.

To'liq faylni mana bu yerdan Yuklab oling

Rasmdagi kabi holatda yuklab olasiz:

Reklama
Reklama