Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. 0 soni


25   Mavzu :   0 soni  

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish.  

Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-

tish.  Sonlarni  o’qish va yozish, sonni xona qo’shiluvchilarini o’rgatish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;

FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.   O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

III  Yangi mavzu  bayoni      0 soni

        Ko’rgazmalar 

 

yordamida 0  sonini  tanishtirish. 0 sonining yozma  ko’rinishi    bilan tanishtirish.

 

1 – misol.  Rasm asosida  0  sonini o’rgatish.

Reklama
Reklama