Kategoriya: Maqolalar

Temurbeklar maktabi ro'yhati, imtiyozlari, qabul kvotasi va fanlari haqida ma'lumot


TEMURBEKLAR MAKTABI QACHON TASHKIL ETILGAN?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-iyundagi “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-4375-sonli qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi tashkil etildi.


TEMURBEKLAR MAKTABIGA KIMLAR QABUL QILINADI?

“Temurbeklar maktabi”da oʻqish davomiyligi ikki yil boʻlib, joriy yilda umumtaʼlim maktablarini 9-sinfini tamomlayotgan erkak jinsli Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari oʻqishga qabul qilinadi.

Oʻquvchilar yotoqxona, harbiy kiyim bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlanadi.


TEMURBEKLAR MAKTABI bitiruvchilariga qanday imtiyozlar beriladi?

“Temurbeklar maktabi”ni imtiyozli diplom bilan tugatganlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Institutiga test sinovlarsiz kirish huquqi beriladi;

Oʻzbekiston respublikasi oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlarida oʻzlari toʻplagan ballarning 30 foizi miqdoridagi, respublikaning boshqa davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda esa oʻzlari toʻplagan ballarning 15 foizi miqdoridagi qoʻshimcha ballar koʻrinishida imtiyoz beriladi.

Bundan tashqari, bitiruvchilarga “V”, “S” toifali haydovchilik guvohnomasi beriladi.

Milliy Gvardiya Toshkent Temurbeklar maktabiga qabul kvotasi 100 kishini tashkil etadi!


TEMURBEKLAR MAKTABIGA QABUL QANDAY BO'LADI?

Nomzodlar dastlabki va harbiy-kasbiy tanlovlaridan muvafaqqiyatli oʻtganlaridan soʻng test sinovlariga qoʻyiladi.

Test sinovlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻtkaziladi.

DXX Temurbeklar maktabiga imtihon test sinovlari TARIX va INGLIZ TILI fanlaridan boʻlib oʻtadi!

Test topshiriqlari umumiy oʻrta taʼlimi fanlarining (5-9 sinflari kesimida) Davlat taʼlim standartlariga muvofiq tuziladi. Nomzodlar test sinovlarini oʻz ixtiyorlariga koʻra uch tilning biri — oʻzbek, qoraqalpoq va rus tillarida topshirishlari mumkin.


"Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari roʻyxati


1.Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi


2.Farg'ona "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi


3.Urganch "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi 

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Izoh:  PQ-4375 bo'yicha 2021-yil muassasa tugatiladi va  endi qabul bo'lmaydi ❗️


4.Samarqand "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi

Izoh:  PQ-4375 bo'yicha 2021-yil muassasa tugatiladi va  endi qabul bo'lmaydi ❗️


5.Qibray "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi

 ( 2020-yil birinchi qabul yili )

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati


6.Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi 

( 2020-yil birinchi qabul yili )

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar vazirligi


7.Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi 

( 2020-yil birinchi qabul yili )

Idoraviy mansubligi: O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi


Yuqoridagilardan boshqa "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseylari 2020 yil holatiga mavjud emas.

Huquqiy asos:  O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4375 sonli Qarori

© Manba: "Harbiy taʼlim muassasalari" web-sahifasi


"Temurbeklar maktabi " harbiy-akademik litseylariga kirish uchun oxirgi bosqich, ya'ni test sinovlari fanlar majmuasi


Milliy Gvardiya Toshkent "Temurbeklar maktabi" harbiy akademik litseyi


"Aniq fanlar (texnika)" yo'nalishi

1-fan : Matematika

2-fan : Fizika

3-fan : Ona tili va adabiyot


"Ijtimoiy-gumanitar fanlar" yo'nalishi

1-fan : Tarix

2-fan : Ona tili va adabiyot

3-fan : Chet tili


DXX Qibray "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi


 "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" yo'nalishi

1-fan : Tarix

2-fan : Chet tili


IIV Nukus "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi


 "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" yo'nalishi

1-fan : Tarix

2-fan : Ona tili va adabiyot 

3-fan : Chet tili


"Aniq fanlar (texnika)" yo'nalishi

1-fan : Matematika

2-fan : Fizika

3-fan : Ona tili va adabiyot


FVV  Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi


"Aniq fanlar (texnika)" yo'nalishi

1-fan : Matematika

2-fan : Fizika

3-fan : Ona tili va adabiyot


Mudofaa vazirligi Farg'ona "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi


 "Aniq fanlar (texnika)" yo'nalishi

1-fan : Matematika

2-fan : Fizika

3-fan : Ona tili va adabiyot


Eslatib o'tamiz, yuqoridagi ma'lumotlar ushbu yil, ya'ni 2020-yil, nomzodlar test topshirgan fanlar asosida shakllantirildi.

© Manba: "Harbiy taʼlim muassasalari" web-sahifasi


Ushbu akademik litseylar imtihonlariga online yoki offline tayyorgarlik kurslarida qatnashish uchun:

+998996359660

@ALGORITM_ADMIN

Reklama
Reklama