Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. 2 soni
14 Mavzu : 2 soni
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Bir xonali sonlar haqida 1 soni haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. Atrof muhitni kuzatish va kishilar mehnatini qadrlashni o’rgatish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni 2 s o n i
1 – misol; O’quvchilarga 2 soni qaysi sondan keyin turishi
va qanday shaklda ekanligi bilan tanishtirish. Geometrik
shakllar orqali 1 va 2 sonini o’rgatish.
2 – misol: Misoldagi rasmlarga qarab sonlarni farqlashga o’rgatish. Ko;rgazmalar orqali mustahkamlash ham mumkin.
Birinchi tasvirda nechta mushukni rasmini ko’riyapsiz?
Ikkinchi tasvirda nechta mushukni rasmini ko’riyapsiz?
Mushuklarning rangini ayting? 1 ta mushuk ko’pmi, 2 ta mushuk ko’pmi? 2 raqami bilan tanishtiriladi.
3 – 4 – misollar orqali ham shunday misollar bajariladi.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
Dam olish daqiqasi: 2 soni
Qomatimni ko’rganlar, Mendan dir-dir titraydi,
Qiyos etar oqqushga. Ixlosi yo’q oqqushga.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash. Rasm orqali ikki sonini yozilishi bilan tanishtirish. Tasvirlarga rang tanlash. O’quvchilar mustaqil rang tanlashlari mumkin.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan shakllarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022