Kategoriya: Dars ishlanmalar

1-sinf dars ishlanmasi. 3 soni


15  Mavzu :   3   soni

Sana__________________________            

Maqsad: O’quvchilarga  DTS talablari  asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.

Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-

tish.  Sonlarni o’zaro taqqoslash , 3 soni haqida bilim berish.

Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.

O`quv jarayoniga oid kompetensiya:  TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;

FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.

Dars turi: Yangi tushuncha berish.

Metodi:  aralash, savol-javob ,  mustaqil ish..

Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.

Darsning borishi.

I Tashkiliy qism.                 a) salomlashish, davomotni aniqlash,  tozalikni tekshirish

b) ma’naviyat daqiqasi  Kun yangiligi

II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.   O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.

III  Yangi mavzu  bayoni      3 soni

Ko’rgazmalar yordamida 3 soni                                                                                        bilan tanishtirish. 3 soninig yozma                                                                     shakli bilan tanishtirish.

2 – misol.   Kartochkalardan 1, 2, 3 sonlari tartib bilan yozuv taxtasiga ilinadi.  Qoshish orqla son hosil qilish.






3 – misol.Rasmlar yordamida 1, 2, 3, sonlarini sanash. Qo’shish va ayrishga oid misollar tushuntirish asosida yechiladi. O’quvchilarga belgilarga e’tibor berish kerakligi tushuntiriladi.


          2 + 1 = 3                                                                                 3 – 1 = 2

  (O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).

    Dam olish daqiqasi:    2 soni

  Qomatimni ko’rganlar,                Mendan dir-dir titraydi,

   Qiyos etar oqqushga.                  Ixlosi yo’q oqqushga.

IV  Yangi mavzuni mustahkamlash  Matematika daftari bilan ishlash.

    

 O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.

 

Sonlarni kataklarda yozishni o’rgatish. Katta kichik belgilarni belgilashni misollar orqali mustahkamlash.Geometrik shakllar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlsh.

Reklama
Reklama