Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. 5 soni ichida misol va masalalar yechish
18 Mavzu : 5 soni ichida misol va masalalar yechish.
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: To’g’ri va teskari tartibda sanashni, sondan oldin va keyin keluvchi sonlarni tartibini o’rgatish. Sonlarni o’zaro taqqoslash , 5 soni ichida misollar yeshishni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni 5 soni
Rasmlar orqali 5 sonini takrorlashga doir misollar
yechish orqali takrorlash. O’quvchilarni yovvoyi
hayvonlarning o’txo’rlari bilan tanishtirish.
Ularni asrashni qirilib ketmasliklari uchun qilinayotgan
ishlar bilan tanishtirish.
2 – misol. Misolda berilgan narsalar nomi
so’raladi. Ularning soni sanash orqali aniqlanadi. Misoldagi buyumlar soni bir – biri bilan tengligi haqida aytiladi.
3 – misol. Taqqoshlash. Yozuv taxtasida o’quvchilar misollarni navbat bilan bajaradilar.
4 > 1 3 > 2 1 < 3 4 = 4 2 < 3 2 = 2 4 < 3
O’quvchilar javoblarini nazorat qilish xatolar ustida ishlashni o’rgatish.
4 – misol. 5 sonini xona qo’shiluvchilarini topishga doir misollar bajarish.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
O’quvchilar ishini kuzatish qiynalgan o’quvchilarga yordam berish.
5 – misol. Klasster orqali misollarni yechish. Misollar guruhlar o’rtasida musobaqa usulida bajarilishi ham mumkin. G’olib guruh rajbatlantiriladi.
Sonlarni kataklarda yozishni o’rgatish. Katta kichik belgilarni belgilashni misollar orqali mustahkamlash.Geometrik shakllar orqali o’tilgan mavzuni mustahkamlsh.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan sonlarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
4-sinf yangi elektron darsliklar
19 sen, 2022