Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. Bir xonali sonlar. 1 soni
13 Mavzu : Bir xonali sonlar. 1 soni
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Sonlarni o’qish va yozishni o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarda narsalarning xossalari, nomlari, soni haqidagi tasavvurlarini boyi-
tish. Bir xonali sonlar haqida 1 soni haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. Atrof muhitni kuzatish va kishilar mehnatini qadrlashni o’rgatiush.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni 1 soni
1-misol; O’quvchilar diqqati 13 – sahifadagi “O’yinchoqlar do’koni” rasmiga qaratiladi.
O’yinchoqlar do’konida nimalar bor?
Siz ko’proq qaysi o’yinchoqni yoqtirasiz?
O’yinchoqlar do’konida kimlarni ko’riyapsiz?
Qanday o’yinchoqlarni ko’riyapsiz?
O’yinchoqlar soni ko’pmi? Bola nechta koptok oldi?
Ushbu mashqda o’qituvchi o’quvchilardan rasmda tasvirlangan o’yinchoqlar nomini va sonini so’raydi. Shu orqali 1 soni haqida tasavvur uyg’otadi.
Javob: Bitta raketa, bitta ayiqcha, bitta
toycha, bitta traktor o’yinchog’i bor.
3 – misolda esa o’quvchilar rasmga qarab uy
hayvonlaridan1 ta sigir, 1 ta qo’y, 1 ta echki,
1 ta kuchuk, 1 ta mushuk borligini aytib
beradilar. Bir raqamining yozilishi shakli bilan tanishtiriladi.
Dam olish daqiqasi: G’ozlar
Kulrang g’ozlar uchdilar, U yon, bu yon qarashib,
Ko’lmakchaga qo’ndilar. Yana uchib ketdilar. 1. 2. 3. . .
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022