Kategoriya: Dars ishlanmalar
1-sinf dars ishlanmasi. To’g’ri chiziq kesmasi. Kesma uzunligi.
33 Mavzu : To’g’ri chiziq kesmasi. Kesma uzunligi.
Sana__________________________
Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida matematika fani bo’yicha ta’lim berish. Matematik tayyorgarlikni belgilash.
Ta’limiy: O’quvchilarga kesma haqida uning uzunligi haqida bilim berish.
Tarbiyaviy:O’rganilgan matematik tushunchalarni hayotda qo’llay olishga o’rgatish. O’quvchilarda topqirlik va zukkolik fazilatlarini tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK -3:o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv faoliyati natijasini tahlil qilish, yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa olish va ularni tuzata olish;TK -4: atrofdagilar bilan o‘zaro muloqot chog‘ida odob-axloq qoidalariga rioya qila olish va guruhda ishlay olish; FK -1: narsalarning xossalari (masalan, narsalarning rangi, o‘lchami, shakli, vazifasi) bo‘yicha taqqoslay oladi va tartibga sola oladi; FK -1: 0 dan 10 gacha bo‘lgan nomanfiy butun sonlarni o‘qiy oladi, yoza oladi, to‘g‘ri va teskari tartibda sanay oladi;
FK -2: o‘z fikrini ifodalay oladi, boshqalar fikrini tinglab, tushuna oladi.
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aralash, savol-javob , mustaqil ish..
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, matematika darsligi.
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism. a) salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish
b) ma’naviyat daqiqasi Kun yangiligi
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. O’tilgan mavzularni savol-javob orqali takrorlash. O’tilgan mavzular yuzasidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazish.
III Yangi mavzu bayoni Kesma.
1 – misol. Tasmalar yordamida to’g’ri chiziq va kesmalar haqida tushuncha berish va ularni chizg’ich yordamida uzunligini aniqlashni o’rgatish.
2 – misol. Misollarni tushuntirish asosida og’zaki va yozma shaklda yechish.
4 + 2 = 6 6 + 2 = 8 9 - 5 = 4 2 + 3 = 5
8 + 2 = 10 4 - 3 = 1 2 + 1 = 3 5 - 4 = 1
3 – misol. Rasm asosida daftarlar soni qanday qilib 7 ta ekanligini masal tuzib yechish.
Bor edi - 3ta Munirada – 4 ta
Olindi – 4 ta ? ta Malikada - 3 ta ? ta
3 + 4 = 7 4 + 3 = 7
Javob: 7 ta Javob: 7 ta.
(O’quvchilar javoblarini mustahkamlash, ularni fikrlarini to’g’riligini tasdiqlash).
IV Yangi mavzuni mustahkamlash Matematika daftari bilan ishlash.
4 - misol. 10 , 7, 9 sonlarini hosil bo’lishiga doir misollar yechish.
5 – misol. To’g’ri chiziq va kesma chizishni mashq qilish.
V. Dars jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: O’rganilgan sonlarni takrorlash.
KO'P KO'RILGAN
3-sinf yangi elektron darsliklar
17 sen, 2022
7-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022
9-sinf yangi elektron darsliklar
18 sen, 2022